Dori moddalar ta’sir turlari Dori moddalari organizmga yuborilganda organizmga xos bo‘lmagan yangi fiziologik jarayonlarni yuzaga keltirmaydi, balki mavjud jarayonlarni kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
1.Qo‘zg‘alish - u yoki bu funksiyani kuchayishi yoki dori yuborilgangacha bo‘lgan holatini kuchayishi. Bu holat 3 turga bo‘linadi.
a) Tiklanish - dori yuborilgangacha funksiya birdan susaygan bo‘lsa qo‘zg‘atuvchi dorilar bilan fiziologik normagacha aktivlashtirish tushuniladi. Bunday natijani faqat patologik jarayonni dastlabki bosqichida qo‘llaniladi.
b) Stimulyasiya - bu funksional holatlarni yoki jarayonlarni normada yoki fiziologik darajadan aktivlashtirish. Bunga M.N.S ni o‘sishni, sekretsiyani, to‘qimalar tiklanishini stimullash kiradi.
v) Qitiqlash - organizmni dorilar yordamida fiziologik ko‘rsatkichlardan ham yanada yuqori darajada aktivlash. Bu holat yallig‘lanishlarda surunkali holatdan o‘tkir holatga o‘tkazishda yoki organizmda funksiyalarni susayish xavfini tezda bartaraf etishda qo‘llaniladi (zaharlarni chiqarish uchun diuretiklar qo‘llash).
2.Susaytirish- qo‘zg‘alishga qarama-qarshi holat bo‘lib, dori yuborilganda u yoki bu funksiyalarni pasayishi. Bu holat 3 ga bo‘linadi.
a) funksiyalarni tiklash - dori yuborilganga qadar yuqori fiziologik holatda bo‘lib, keyin normaga tiklash.
b) funksiyalar susaytirish - fiziologik ko‘rsatkichlardan ham yanada pasaytirish. Masalan: uyqu dorilar, neyroleptiklar.
v) falajlanish - organizm funksiyalarini to‘liq to‘xtatish. Masalan: ichaklar peristaltikasini yoki bosh miya funksiyalarini falajlash.
Bundan tashqari dorilar ta’sirida bir necha xil ta’sir etish turlari farqlanadi:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va alohida ta’sir. Agar dori organizmda to‘qimalarda birlamchi reaksiyaga kirishsa yoki dorini vositasiz ta’siri to‘qimalar to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir deyiladi.
Agar dori to‘qima bilan birlamchi reaksiyaga kirishmasa alohida ta’sir deyiladi. Masalan surgi dorilarni ichakga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bachadonga ta’siri alohida.
2. Asosiy va noxush ta’sir. Agar dori kerakli organga aniq va kuchli ifodalangan ta’sir ko‘rsatsa - asosiy ta’sir deyiladi. Agar dori davolovchi ta’sir bilan birga zaharli ta’sir namoyon qilsa- noxush ta’sir deyiladi. Masalan: ingalyasion narkotiklar narkoz chaqirsa – asosiy ta’sir lekin yurakni to‘xtatsa –noxush ta’sir.
3. Umumiy va tanlab ta’sir. Agar dori biror organ yoki to‘qimaga taalluqli ta’sir etsa- tanlab ta’sir deyiladi. Masalan: yurak glikozitlari yurakga, narkotiklarni M.N.S ga ta’siri.
Agar dori ko‘plab organ yoki to‘qimalarga ta’sir etsa umumiy ta’sir deyiladi. Masalan: hayvonlar mahsuldorligini oshirishda qo‘llaniladigan dorilar.
4. Qaytar va qaytmas ta’sir. Dori organizmga qo‘llanilganda organizmda funksiyalar vaqtinchalik o‘zgartiradi, dori ta’siri tugasa yana tiklanadi, bu ta’sir qaytar ta’sir deyiladi. Lekin dorilar katta dozalarda organlarda qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlar chaqiradi-bu qaytmas ta’sir. Masalan: kislota ta’sirida to‘qima nekrozi.
5. Etiotrop va patogenetik ta’sir. Etiotrop ta’sirda dori kasallikni sababchisiga ta’sir etadi. Masalan: antibiotiklar-mikroblarga.
Patogenetik ta’sirda-dorilar kasallikni paydo bo‘lishida asosiy buzilishlarni yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Masalan: organizmni himoya funksiyasi oshiruvchi dorilar.