Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə5/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Umumiy farmakologiya
Umumiy farmakologiya-dori moddalarini qo‘llash, ular ta’sirida organizmda bo‘ladigan hamma o‘zgarishlarni, dori moddalar shakllari to‘g‘risida, dorilarni organizmga yuborish usullari va organizmdan chiqib ketish yo‘llari, dorilarni organizmga ziyonli ta’siri, dorilarni tasnifini, yangi dori moddalarni kashf qilish, hamda dori moddalarni ta’sir etish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Hayvonlar organizmida dori moddalar ta’sirida bo‘ladigan murakkab kompleks o‘zgarishlarni bilish uchun dorilar umumiy ta’sir qonuniyatlarini bilishni taqoza etadi. Buning uchun dorilarni farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va ta’sir mexanizmi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Farmakokinetika-dori moddalarni organizmga yuborish, uni so‘rilishi, taqsimlanishi, o‘zgarishi va organizmdan chiqish jarayonlarini o‘rganadi.
Farmakodinamika- bu dorilar ta’sirida organizmdagi kompleks o‘zgarishlar bo‘lib, dorilarni organizmga yuborganda ta’siri boshlangandan to ta’siri yo‘qolgangacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Dorilarni ta’sir mexanizmi- bu tirik organizmni biokimyoviy va fiziologik richaglarni jalb qilish va ularga susaytirib yoki kuchaytirib ta’sir etish. Richaglar-bu ionlar, biokimyoviy strukturalar retseptorlar va boshqalar.
Dorilarni ta’sir mexanizmi va farmakodinamikasi o‘zaro aloqada bo‘ladi va birga o‘tadi.
Amaliyotda dori moddalarni qo‘llash uning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmiga asosan ishlatiladi. Shuning uchun dorilar ta’sir mexanizmini to‘liq bilish uni qo‘llashda yuqori bahoga egadir.
Hayvonlarda dorilarni ta’sir mexanizmi organizmga tushgandan so‘ng namoyon bo‘ladi va bu jarayon 5 ta ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Dorilarni organizm bilan birlamchi ta’sir reaksiyasi yoki fizik usulda ta’sir etish. M: ichni suradigan tuzlar shu yo‘l bilan ta’sir etadi va ichakda osmatik bosimni kuchaytirib suvni so‘rilishini to‘xtatadi, natijada ichak peristaltikasi kuchayadi.
2. Kimiyoviy o‘zgarishlar. Dorilarni shu usulda ta’sir etishiga kislota bilan ishqor misol bo‘ladi. Ular organizmda hujayra komponentlari bilan reaksiyaga kiradi.
3. Biokimyoviy o‘zgarishlar. Dorilar organizmga tushgach organizmdagi fermentlarga ta’sir ko‘rsatadi, natijada organizmdagi bioximik jarayonlarni borishi o‘zgaradi. Masalan: fizostigmin yuborilsa xolin esteraza fermenti aktivligi pasayadi.
4. Fiziologik o‘zgarishlar. Dori moddalari ba’zi hollarda organizmdagi fiziologik ahamiyotga ega bo‘lgan moddalarga antoganistik raqaboti prensipiga asosan ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: sulfanilamid birikmalar ba’zi mikrob hujayralari hayoti uchun zarur bo‘lgan PABK bilan raqobat qiladi.
5. Klinik belgilar yuzaga chiqadi. Bunday paytda hayvonlar og‘riq sezadi, puls, nafas o‘zgaradi, shilimshiq pardalar rangi o‘zgaradi- oqaradi, sarg‘ayadi, qizaradi, og‘iz bo‘shlig‘i quriydi.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin