Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-mavzu. Farmakologik moddalarni ta’sirini yuzaga kelishida tashqi va ichki muhitning ahamiyati



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə14/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

4-mavzu. Farmakologik moddalarni ta’sirini yuzaga kelishida tashqi va ichki muhitning ahamiyati
Reja:
1. Farmakologik moddalarning ta’sirining yuzaga kelishida tashqi va ichki muhitning ahamiyati.
2. Dori moddalarining zaharli (negativ) ta’siri, farmakologik moddalar bilan zaharlanishlar, zaharlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish.
Tayanch tushuncha:
Dori moddalari ta’siriga organizm xususiyatlarini ahamiyati. Hayvon turi. Hayvon jinsi. Hayvon yoshi. Patologik holatlari. Individual sezuvchanlik. Saqlash sharoiti va ozuqa. Zaharlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish, Zaharlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish, Zaharli moddaning qonga so‘rilishiga to‘sqinlik qilish.


Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Dori moddalari ta’siriga organizm xususiyatlarini
ahamiyati.
Dori moddalari hayvonlar organizmiga qo‘llaganda hayvonlarni turi, yoshi, jinsi va patologik holatiga qarab turlicha ta’sirini namoyon bo‘lishi mumkin.
Hayvon turi. Har bir hayvon turi o‘ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatga ega, shuning uchun dorilarni ta’siri ham hayvon turiga qarab o‘ziga xos. Masalan: Quyonlarda qustirish markazi yo‘q. Ular qustiruvchi dorilarga sezuvchanligi yo‘q. Otlarda qustiruvchi markaz bor, lekin oshqozon va ichaklarni antiperistaltik harakati oshqozon sfinktorlarini reflektor ravishda yopib qo‘yadi va qusish faqat dorini katta dozalarida kuzatiladi yoki qoramollarda bronxial sekretsiya bezlari yaxshi rivojlangan va o‘ta sezuvchan, shuning uchun balg‘am ko‘chiruvchi dorilar kam berilsa ham sekretsiyani kuchaytiribbalg’am ko’chirishini yaxshilaydi. Cho‘chqalarda esa bronxial bezlar sezuvchanligi sust, balg‘am ko‘chiruvchi dorilar katta dozalarda beriladi.
Hayvon jinsi. Turli jinsdagi hayvonlar deyarli hamma dorilarga, faqat estrogen va androgenlardan tashqari sezuvchanlikni bir xil namoyon qiladi. Urg‘ochi hayvonlar qonida dorilar darajasi yuqori (sigir 2-6 %, cho‘chqa 1-4 %, quyon 2-5 %). Shuning uchun erkak hayvonlarga qaraganda urg‘ochi hayvonlarni dorilarga reaksiyasi kuchli.
Hayvon yoshi. Turli yoshdagi hayvonlarni dorilarga reaksiyasi turlicha. Qari hayvonlarda dori moddalar ta’siri kuchli namoyon bo‘ladi va noxush ta’siri og‘ir o‘tadi, davolovchi ta’siri kuchsiz o‘tadi. Yosh hayvonlar hayotini 5-10 kuni ko‘pchilik dorilarni organizmiga zahar sifatida qabul qiladi, ozroq doza kuchaytirilsa, og‘ir zaharlanish simptomlari paydo bo‘ladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin