Zaharli moddaning qonga so‘rilishiga to‘sqinlik qilish, ya’ni hali so‘rilmagan moddani organizmdan chiqarib tashlash. Zaharli moddalar teriga, shilliq pardalarga, ko‘zga, o‘pkaga, oshqozonga tushib organizmni zaharlashi mumkin. Teriga, shilliq pardaga tushgan zaharli moddalarni iliq suv qo‘yib turib yuvib tashlash kerak, spirt bilan artib bo‘lmaydi, chunki teri qizarib zaharli modda qonga so‘rilishi mumkin. Agar zaharli modda o‘pka orqali organizmga o‘tgan bo‘lsa, ingalyasiyani to‘xtatish, kasal hayvonni zaharlangan atmosferadan olib chiqish lozim. Zaharli modda teri ostiga tushgan bo‘lsa, yuborilgan joy atrofiga adrenalin (qon tomirlarni qisqartirish uchun) yuborish yoki muz qo‘yish lozim.
Zaharlanish ko‘pincha oshqozonga zaharli moddalar tushishi tufayli kelib chiqadi. Zaharli moddani olib tashlash uchun kasal hayvonni qustirish yoki oshqozonini chayish lozim Shu bilan birga oshqozonning pilorik sfinkterini yopadi, kasal hayvon qayt qiladi, natijada zaharli modda ichakka o‘ta olmaydi. Katta yoshli mollarni qustirish uchun apomorfin yuboriladi (yosh mollarga apomorfin yuborish man etiladi, chunki bu modda markaziy nerv sistemasini tormozlashi mumkin). Qusgandan keyin albatta oshqozonni chayish lozim. Agar hayvon oshqozon shilliq qavatini ta’sirlaydigan moddalar (kislotalar, ishqorlar, fenol) bilan zaharlangan bo‘lsa, qustiruvchi moddalarni yuborishi man etiladi, chunki qusuq bug‘lari, tomchilari nafas yo‘llariga o‘tib, o‘pkani jarohatlashi mumkin. Qustiruvchi moddlarni behush yotgan hayvonga qo‘llash man etiladi. Oshqozonni chayish oldidan hayvonga adsorbsiyalovchi modda – faollashtirilgan ko‘mir beriladi, u o‘zining yuzasiga zaharli moddalarni qamrab oladi, shundan keyin oshqozonni chayib tashlash lozim bo‘ladi. Chunki zahar dezorbsiyaga uchrab, yana erkin holatda ajralishi mumkin. Oshqozonni chayishda zaharni bartaraf qiladigan moddlarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Masalan, kislotalar bilan zaharlanganda kuchsiz ishqor eritmalari bilan. Kuchli ishqorlar bilan zaharlanganda kuchsiz kislota eritmalari bilan chayish lozim bo‘ladi. Sut va ko‘pirtirilgan tuxum bilan oshqozonni chayish va keyin yana suv bilan qayta chayish lozim bo‘ladi, chunki zahar oqsillar bilan vaqtincha bog‘lanadi, yana erkin holatda ajralishi mumkin.
Og‘ir metal tuzlari bilan zaharlangan oshqozonni chayish oldidan zaharni bartaraf qilish uchun metallaraning qarama-qarshisi antidotlari yoki unitiol yuboriladi.
Ba’zi moddalar (amidopirin, rezerpin, nikotin, morfin kodein, strixnin) bilan zaharlanganda oshqozon bir necha bor chayiladi, chunki moddlar qonga so‘rilgandan keyin takror oshqozonga o‘tishi mumkin. Agar oshqozon takror chayib turilmasa, zaharli modda ichakka o‘tib, qonga so‘rilishi mumkin.
Zaharli moddani ichakdan chiqarish uchun surgi moddalar yuboriladi va sifon xuqnalar qilinadi. Surgi moddalarni organizmdan chiqarib tashlash bilan birga zaharli moddaning qonga so‘rilishiga to‘sqinlik qilinadi. Zaharlanishda, ayniqsa suvda eriydiganlar bilan tuzli surgilar – magniy sulfat, natriy sulfat qo‘llanadi. Bu moddalar ichakdan qonga so‘rilmasdan, ichak ichida suv va unda erigan moddalarni va zaharni tutib turadi. Markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi moddalar bilan zaharlanganda natriy sulfatni qo‘llash tavsiya etiladi.
Yog‘da eriydigan moddalar bilan zaharlanganda surgi sifatida vazelin moyi qo‘llanadi.sifon huqnalar suv yoki tuzli suv bilan qilinadi.