Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
Etil spirti-Spirtus aethylcus Bu rangsiz, suv bilan yaxshi aralashadigan suyuqlik. Uglevodga boy mahsulotlardan tabiiy va etilendan sintetik olinadi.
Ta’siri. Mahalliy ta’siri teriga surtilsa avval sovitib, giperimiya, qitiqlash chaqiradi, keyin og‘riqni susayishi va sezuvchanlikni pasayishi kuzatiladi.
Og‘iz orqali qullaganda 3-10% konsentratsiyada salivatsiya kuchayadi,oshqozon shirasi sekretsiyasi kuchayadi, achishga qarshi ta’sir etadi 20% li qo‘llansa, oshqozon sekretsiyasi pasayadi. Shilliq moddalar ajralishi kuchayadi, hazmlanish pasayadi.
Alkogol 50-70% antimikrob ta’sir etadi, mikroblarni hamma vegitativ shakllarini o‘ldiradi.
Alkogol qonga so‘rilgach rezorbtiv ta’sir etadi, kichik dozalarda qisqa qo‘zg‘alishdan keyin susayishi va uyqu, katta dozalarda narkoz chaqiradi. Qoramollarda venaga yuborilganda narkoz tez boshlanib, 1,5 soat davom etadi.
Alkogol organizmda oksidlanib, energiya ajraladi. 1 g spirt 7,2 kkal issiqlik.
Qo‘llash: Alkogol kavshovchi hayvonlarda (qoramol va qo’y) yaxshi narkotik venaga 33o, og‘iz orqali 40o konsentratsiyada qo’llaniladi.
Bundan tashqari dezinfeksiyalovchi, ruminator va achishga qarshi kavshovchilar timpaniyasida, atoniyada, ichaklarda gaz to‘plansa, otlar oshqozoni o’tkir kengayishi sanchiqlarda qo‘llaniladi.
Dezinfeksiyalovchi sifatida operatsiya maydoni, qo‘l, operatsiya uskunalarni dezinfeksiya qilinadi.
Alkogol dori moddalari tayyorlashda qo‘llaniladi. 95% li spirt tashqi tomonga yallig‘lanishlarda shikastlanishlarda og‘riq qoldiruvchi.