2.Geksanal-Hexenalum. Oq kukun, suvda yaxshi eriydi.
Sinonimlari: geksanastob. geksabarbital-natriy, geksabarbiton, doriko, metheksenil, narkonal, novolan, noktivan, privenal, tobinal va b.
Ta’siri. Tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz chaqiradi.
Qo‘llash. Narkotik sifatida cho’chqalar, qo‘y-echki va bazan itlarga vena yoki qorin bo‘shlig‘iga 2-5% li eritma holida qo‘llaniladi. Geksenal turli xil qisqa muddatli operatsiyalar uchun behushlik vositasi sifatida, qaltiroqqa qarshi va tinchlantiruvchi sifatida kolik, sudurgili yo'tal, zaharlanishdagi qaltiroqda, atoniya va ichaklar tiqilishi, oshqozonda achish-bizg’ish jarayonlari kuchayganda, ovqat hazm qilish trakti va siydik pufagi sfinkterlarining spazmlari, itlar vabosining asab shakli uchun qo’llaniladi.
Dozasi. Vena ichiga 10% eritma shaklida dozalar (hayvon vazniga mg/kg): otlar 25-30, mayda mollarga 30-35, cho'chqalar 35-50;
Bir bosh hisobida Itlar 0,4-0,8 g, quyonlar 0,1-0,15 g;
Qorin bo’shlig’iga 36-38 ° S gacha qizdirilgan 2% eritma shaklida yuboriladi (hayvon vazniga ml/kg): cho'chqalar 0,05, cho'chqalar va 0,05-0,1.
3.Tiopental-natriy-Thiopentalum-natrium-oq sariq rangli kukun, suvda eriydi.
Tiopental–tez ta’sir etuvchi narkotik. U go‘shtxo’r hayvonlar uchun yaxshi narkotik, venaga, muskulga va teri ostiga.
4. Rometar-2% ksilazin eritmasi. Anesteziya ko'rsatkichlari va o'tkazilishi rompun uchun o'xshash. Itlar va mushuklarga 1 kg tana vazniga 0,15 ml rometar yuborish tavsiya etiladi. Kuchukchalar va mushukchalar uchun doz bir yarim-ikki baravar oshiriladi. Bu yosh hayvonlarda metabolik jarayonlarning intensiv darajasi bilan bog'liq. Rometar va rompunni kiritishdan oldin atropin bilan premedikatsiya qilish kerak. Ksilazinning antidoti antagonildir. Preparatni vena ichiga 0,2-0,3 mg/kg dozada kiritgandan so'ng, hayvonning uyg'onishi, mushak tonusining tiklanishi kuzatiladi, bu vosita faoliyatida namoyon bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |