Narkoz davrida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar Bunda muskul tonusi, reflekslar asliga keladi. Sezgi paydo bo‘ladi.
Narkoz vaqtida MNS ning hamma bo‘limi falajlanadi, lekin uzunchoq miya ozroq, qaysikim nafas olish va yurak ishini ta’minlaydi.
Narkozda hamma organ va to‘qimalar funksiyasi pasayadi, ovqat hazm qilish, buyrak faoliyati sekinlashadi, bachodan bo‘shashadi, fermentlar aktivligi susayadi, qon bosimi pasayadi.
Narkoz ahamiyati. Narkoz yo‘li bilan veterinariyada murakkab va uzoq muddatli operatsiyalar o‘tkaziladi, narkozdan keyin kesilgan joyni tuzalishi tezlashadi, mahsuldorlik pasaymaydi, nerv hujayralari tez tiklanadi.
Qarshi ko‘rsatma. Oriq, bug‘oz, yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari kasalliklarida so‘yiladigan hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi.
Narkoz turlari. 1.Oddiy narkoz-bunda bitta narkotik modda qo‘llaniladi.
2.Aralash narkoz-bir necha narkotik moddalar aralashtirilib qo‘llaniladi.
3.Kombinatsiyalashgan narkoz-narkotiklar organizmga har xil yo‘llar bilan yuboriladi.
4.Potensirlangan narkoz-bunda narkotik modda ta’siri cho‘zilib, ziyonli ta’siri kamaytiriladi.
Noingalyasion narkotiklar. Amaliyotda hayvonlarga ko‘pincha noingalyasion narkotiklar qo‘llaniladi. Bu moddalar og‘iz orqali, in’eksiya yo‘li bilan rektal yo‘l bilan yuboriladi.
Bu yo‘llar bilan yuborish shu bilan qulayki, bunda uzoq muddat narkoz berish uchun kutilgan natija beradi. Hayvonni tez vaqt ichida narkozlash mumkin. Hayvonni uzoq vaqt harakatsizlantirish (fiksatsiya) qilib turilmaydi. Preparatlari ko‘p.
1.Xlorgidrat-Chloratum hydratum.Rangsiz, yaltiroq kristaldir, o‘tkir hidli, achchiq ta’mli (B guruhida) suvda yaxshi eriydi.
Ta’siri. Mahalliy ta’sirga ega. Teriga 5-20% li eritmasi uzoq ta’sirlantirilsa yallig‘lanishga olib keladi. 3-5% li eritmalari ichirilsa, qusish va ich ketish chaqiradi.
Teri ostiga yuborilganda to‘qimalarda nekroz va yallig‘lanish chaqiradi. Qonga so‘rilgach, markaziy nerv sistemasida to‘planadi va avval bosh miya, keyin orqa miya, agar doza oshirilsa uzunchoq miyani falajlaydi.
Venaga yuborilganda qo‘zg‘alish bosqichisiz susayish, uyqu va narkoz chaqiradi.
Narkoz bir necha daqiqadan keyin boshlanib, 1 soat davom etadi. Narkozdan keyingi uyqu-6 soat.
Qo‘llash. Narkoz chaqiruvchi modda sifatida otlar, cho‘chqalar, itlar, quyonlarga qo‘llaniladi. Qoramollarga qo‘llash xavfli.
Hayvonlarga vena tomiriga 5-10% li eritma shaklida to‘g‘ri ichakka ham 7-10% eritma shaklida shilliq moddalarga aralashtirib yuboriladi.
Tinchlantiruvchi, qaltiroqqa qarshi, uyqu chaqiruvchi dori sifatida kuchli qo‘zg‘alishlarda, bachodon va to‘g‘ri ichak chiqqanda, sanchiqlarda, siydik pufagi va ichak sfinktirlari spazmida, kaprostazlarda .
Dozasi. Vena ichiga yuboriladigan dozalar (g / kg) (narkoz uchun vosita sifatida): otlar 0,1-0,15, cho'chqalar 0,15-0,2, qo'ylar va echkilar 0,2-0,25;
Enteral (tinchlantiruvchi va qaltiroqqa qarshi): otlar, qo'ylar, cho'chqalar, quyonlar va tulkilar 0,1 g/kg.
Xloralgidrat yurak-qon tomir tizimining og'ir kasalliklarida, jigar, buyraklar, o'pka kasalliklarida va oriq hayvonlarga qo’llash mumkin emas.