Ingalyasion narkotiklar Bu moddalar oson parlanuvchi suyuqliklar (xloroform, efir, ftarotan) va gazlardan (sikropropan, azot oksidi, uchxloretil) iborat.
Bu moddalar faqat ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi. Bu moddalar yuborilganda narkoz holatini boshqarish oson.
1. Xloroform-Chloroformium-rangsiz uchuvchan suyuqlik, shisha idishda saqlanadi.
Ta’siri. Nafas yo‘llarida retsepttorlarini qitiqlaydi va yaxshi so‘riladi, rezorbtiv ta’sir etadi.
Qora mollar sezuvchanligi yuqori, shuning uchun ularga qo‘llanilmaydi. Ot, cho’chqa, itlar uchun yaxshi narkotik yurak-tomir sistema sezuvchan oshsa qon bosim tushadi va yurak to‘xtaydi.
Qo‘llash. Narkoz chaqirish uchun cho’chqa, itlar ba’zan otlarga ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi. Niqob yordamida. Tashqi tomonga og‘riqsizlantiruvchi sifatida shikastlanishlar, muskul yallig‘lanishida, bo’g‘in revmatizmida, nevralgiyalarda linement shaklida qo‘llaniladi.
2. Efir-Aether-rangsiz, tiniq, oson uchuvchan suyuqlik. Yaxish yopiladigan shisha idishda saqlanadi.
Ta’siri. Xloroform kabi, lekin zaharligi sust qitiqlovchi ta’siri kuchli.
Qo‘llash. Cho’chqa, it, mushuklar uchun ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi.
Efir ba’zan tinchlantiruvchi vosita sifatida qaltiroqlarda M.N.S kuchli qo’zg‘alishlarida qo‘llaniladi.
Neyroleptik moddalar Neyroleptiklar - M.N.S ni ichki va tashqi qitiqlovchilarga reaksiyasini susaytiruvchi moddalar. Bu dorilar o‘z ta’sirini hayvonlarni nevroz va salbiy emotsional holatlarida yaxshi namoyon qiladi. Neyroleptiklar kimiyoviy tuzilishi bo‘yicha turli guruhlari mavjud.
1. Fenotiazinlar;
2.Tioksanterlar;
3. Butirofenal;
Neyroleptiklar ta’sirining eng asosiysisi bu tinchlantiruvchi ta’siri va bir vaqtda o‘zida hamma qitiqlovchi ta’sirotlar: notinchlik, vahshiylik, qo‘rquv chaqiruvchilarga reaksiyani susaytiradi. Katta dozalarda uyqu chaqiruvchi ta’sir etadi, hatto narkotik ham ta’sir etadi.
Ba’zilari esa xolinergitik va adrenergitiklar aktivligini hamda serltonin, gistamin aktivligini kamaytiradi.
Neyroleptiklar davolash va profilaktika maqsadlarida hayvonlarni salbiy emotsional holatlarida hamda narkotiklarni ta’sirini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.