Kamfora guruhi Kamfora ham kamfora daraxtidan va sintetik olinadi. Achchiq ta’mli va o‘ziga xos hidli, spirtda va moyda eriydi.
Ta’siri. 1. Mahalliy ta’siri. teriga va shilliq pardalarga surtilganda ularni qitiqlaydi, giperimiya chaqiradi, terida sovuqlik seziladi, moddalar almashinuvi tezlatib, yallig‘lanish mahsulotlarini surilishini kuchaytiradi va yallig‘lanishga qarshi va antimikrob ta’sir etadi.
2.Teri orqali yuborilganda tez so‘rilib, reflektor ravishda markaziy asab tizimini qo‘zg‘atadi, ayniqsa uzunchoq miyadagi markazlarni.
Jumladan, nafas olish kuchayadi, o‘pkada gaz almashinuvi yaxshilanadi, yurak va qon tomir faoliyati yaxshilanadi, qon bosimi ko‘tariladi, yurak, miya, buyrak qon tomirlari kengayadi. Isitmalarda periferik tomirlarni kengaytirib antiseptik ta’siri tufayli haroratni tushiradi shamollaganda.
Qo‘llash. Umumiy qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida nafas olish susayganda, qon aylanishi buzilishlarida, uzoq davomli intoksikatsiya va infeksiyalar tufayli umumiy kuchsizlanishda, qon bosimi kuchli pasayganda va yurak faoliyati susayishlarida, isitmalarda, maz shaklida shikastlanishlarda, muskullar, bo‘g‘im va elin yallig‘lanishlarida.
Hayvonlarga suyishdan oldin qo‘llash taqiqlanadi, hidi go‘shtda saqlanadi.
Yosh hayvonlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sezuvchanlik yuqori.
20% kamfora – teri ostiga qoramol, ot-20,0-40,0, qo’y-3,0-4,0, cho’chqa 4,0-6,0, it-1,0-2,0.
Korazol va kordiamin 1. Korazol –oq kukun, suvda spirtda yaxshi eriydi, “B”-ro‘yxatda 10% eritma, tabletka holda ishlab chiqariladi.
Ta’siri. U mahalliy ta’siri yo‘q organizmda tez buziladi 3-4 soat ta’sir kursatadi. Kichik dozalarda markaziy asab tizimi, xususan uzunchoq miyani qo‘zg‘atadi. Natijada nafas tezlashadi, qon bosimi ko’tariladi (pasaygan bo‘lsa) yurak ishi yaxshilanadi, ko‘ndalang targ‘il muskullar tonusi oshadi. Katta dozalarda markaziy asab tizimi juda kuchli qo‘zg‘atadi, qaltirash kuzatiladi.
Qo‘llash. Kasalliklar natijasida yurak-qon tizimi susayishlari. Yurak o‘tkir etishmovchiligida, shok va qon bosimi pasayganda, narkotik va uyqu chaqiruvchi dori bilan zaharlanishda.
Hayvonlar og‘iz orqali, teri ostiga va venaga yuboriladi.