Tayanch tushunchalar: ► Vegetotrop moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati. ► Xolinomimetik moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati. ► Antixolinesteraz moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati. ► Xolinolitik moddalar nima, tushuncha bering, ahamiyati.
Asosiy adabiyotlar: 1. S.S.Azizova «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
2. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
Qo’shimcha adabiyotlar: 1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
Vegetotrop moddalarga qisqacha tavsifnomasi. Ma’lumki, periferik nerv sistemasi ikki qismdan iborat:
1. Efferent nerv uchlari.
2. Afferent nerv uchlari.
Efferent (vegetativ) nerv sistema organizmda ichki organlarni, qon va limfa tomirlarni, ichki va tashqi sekretsiya bezlarini, silliq va ko’ndalang-targ‘il muskullarni boshqaradi va hayvonlar organizmi biokimyoviy jarayonlariga murakkab ta’sir ko‘rsatadi. Bu sistema ham ikkita bo‘limdan iborat: parasimpatik va simpatik bo‘limlar. Ushbu bo‘limlar faoliyati bosh miya po’stlog‘i boshqaruvida bo‘ladi. Vegetativ nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib, gangliyalar hosil qiladi. Bular pre va postgangliyalarga bo‘linadi. Impulslar pregangliya toladan postgangliya tolaga, ulardan ichki organlardagi retseptorlarga kimiyoviy moddalar – mediatorlar orqali o‘tkaziladi.
Farmakologiyada vegetativ nervlarning uchlarida ajraladigan mediatorlarni hisobga olib, xolinergitiklar – mediator – atsetilxolin – va adrenergitiklar – mediator – adrenalin bo‘lish qabul qilingan.
Xolinergitik nervlarga postganglionar parasimpatik tolalar, skelet muskullarini harakatlantiruvchi tolalar, preganglionar parasimpatik va simpatik tolalar kiradi.
Xolinergitik nervlardan impulslarni qabul qiluvchi to‘qimalar – xolinoretseptorlar, adrenergitik nervlarni – adrenoretseptorlar deyiladi. Shuning uchun bu sistemalarga ta’sir etuvchi moddalar
1. Xolinergetik moddalar
2. Adrenergitik moddalarga bo‘linadi.
Xolinoretseptorlarning farmakologik moddalarga nisbatan sezuvchanligi har xil bo‘ladi. Ular:
1. N – xolinoretseptorlar, nikotin sezuvchi
2. M – xolinoretseptorlar, muskarin sezuvchilarga bo’linadi.
N – xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik nerv tugunlarida, buyrak usti bezining xromaffin to‘qimalarida, skelet muskullarida, MNS ning bosh miya po‘stlog‘ida va orqa miyada joylashgan.
M – xolinoretseptorlar postganglionar parasimpatik tolalar joylashgan to‘qimalarda (yurak, oshqozon, ichaklar, bronxlar, bachadon muskullarida, ko‘z, oshqozon – ichak kanali bezlarida) joylashgan.
Adrenoretseptorlarning ham ikki xil turi bor:
1. α – adrenoretseptorlar bachadon, qon – tomirlar va boshqalar silliq muskulida joylashgan.
2. β – adrenoretseptorlar skelet va yurak muskullarida, bronx va ichaklarda joylashgan.
Farmakalogik moddalar xolinoretseptorlar va adrenoretseptorlarni qo‘zg‘ashi yoki susaytirishi mumkin.
1. Xolinomimetiklar – qo‘zg‘atuvchi
2. Xolinolitik – susaytiruvchi
3. Adrenomimetik – qo‘zg‘atuvchi
4. Adrenolitik – susaytiruvchi