Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə35/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1. Karboxolin – oq, kristall kukun, suvda yaxshi eriydi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Karboxolin xolinergetik innervatsiyaning tipik mimetik dorisi, xuddi atsetilxolin kabi ta’sir etadi, lekin atsetilxolinesteraza uni sekin parchalaydi va organizmda 40-80 daqiqa ta’sir etadi.
Uning ta’sirida so‘lak bezlari sekretsiyasi 3-5 daqiqadan keyin birdan tezlashib, 6-16 barobar ko‘payadi va 30-40 daqiqa davom etadi. Oshqozon shirasi miqdori ham 30-70 daqiqa davomida bir necha marta ko‘payadi.
Karboxolin qoramol va qo‘y – echkilarda oshqozon va ichaklar motorikasini kichik dozalarda aktivlashtiradi, doza kuchaytirilsa katta qorin muskul devori tonusini kuchaytiradi. Karboxolin so‘lak, oshqozon, ichak va bronxlardagi bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi, oshqozon va barcha ichaklar peristaltikasi kuchayadi.
Karboxolin hazm organlaridagi o‘zgarishlar bilan birga o‘pkadagi qisqarishlarini ham kuchaytiradi, qon bosimini pasaytiradi, yurak ishini dastlab susaytiradi, keyin tiklaydi, ko‘z qorachig‘ini qisqartiradi.
Qo‘llash. Qoramollar atoniyasida, otlar va qoramollar revmatik sanchiqlarida, ichaklar atoniyasida, bachadon atoniyasida. Go‘shtxo‘r hayvonlar ich qotishida hamda ginekologik kasalliklarda.
2. Arekolinalkaloid, Filippin mamlakatida o‘sadigan Palma urug‘idan hamda sintetik yo‘l bilan olinadi, A ro‘yxatda.
Ta’siri. Arekolin M-xolinoreaktiv qo‘zg‘atadi, kuchli o‘zgarish hazm yo‘lida ko‘zatiladi, oshqozon, ichaklar va bachadon muskullari tonusini kuchaytiradi: ter, so‘lak, bronxial va hazm yo‘li bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi va kuchli surgi ta’sir etadi. Yurak ishini susaytiradi, ko‘z qorachig‘i kichrayadi. Ichaklarda gelmentlarni o‘ldiradi. Ta’siri 15-20 daqiqadan keyin boshlanadi va 1-3 soat davom etadi.
Qo‘llash. Hayvonlarda surgi dori sifatida, otlarda oyoq bo‘g‘imlari revmatik yallig‘lanishida, bosh miya shishida, itlarda ichak sestodozlarida antigelmentik sifatida.
Antixolinesteraz moddalar.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin