Dozasi.teri ostiga otlarga 0,3-2,0, qoramol 0,2-1,5, cho’chqa 0,005-0,03, it 0,05-0,1.
2.Kordiamin-rangsiz suyuqlik. O‘ziga xos hidli 25% li eritma.
Ta’siri. Korazol kabi lekin kuchsiz.
Qo‘llash. O‘tkir va surunkali qon aylanishi buzilishlari yurak o‘tkir etishmovchiligida, narkotik va uyqu chaqiruvchi dorilar bilan zaharlanganda, ichak intoksikatsiyalarida.
Dozasi: teri ostiga, ot, qoramol 10-20 ml, cho’chqa, qo’y 2-4 ml, it 0,5-1,5.
Strixnin guruhi Alkoloid, Afrika va Janubiy Amerikada o‘sadigan kuchala daraxtidan olinadi. “A” ro‘yxatda oq kristall kukun, achchiq ta’mli, suvda qiyin eriydi.
Ta’siri. Kichik dozalarda kuchli samarali stimulyator, markaziy asab tizimini qo‘zg‘atadi ayniqsa orqa miya markazlarini, sezgi organlari (eshitish, ko‘rish, hid bilish) faoliyatini kuchaytiradi, yurak, qon-tomir ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimi ko‘tariladi, skelet muskullari tonusini oshiradi, ovqat hazm qilish organlari ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, siydik ajralishini kuchaytiradi.
Katta dozalar kuchli zahar hisoblanadi.
Qo‘llash. Orqa miya bilan bog‘liq shol va falajlanishlarda, sezgi organlari faoliyati susayganda, nafas, yurak-qon tomir, hazm tizimi faoliyatini yaxshilashda, antidot sifatida narkotik va uyqu chaqiruvchi dorilar bilan zaharlanganda.
Dozasi.Teri ostiga, ot-0,02-0,1; qoramol- 0,03-0,1; qo’y, cho’chqa-0,002-0,004, it -0,0005-0,001.
Nafas markazi stimulyatorlari
Hamma markaziy asab tizimiga qo‘zg‘atuvchi dorilar nafas olishni aktivlashtiradi lekin sitizin va lobelin kuchli ta’sirga ega.
1.Sitizin-Cytisinum oq kukun, suv va spirtda yaxshi eriydi. Amaliyotda 0,15% suvli eritmasi qo‘llaniladi.
Ta’siri. Venaga yuborilgan nafas olishni tezlashishiga va qon bosimi kuchli samarali ko‘taradi.
Qo‘llash. Asfiksiyada, nafas olish susayganda, shok va kollaps holatda qon bosimini tiklash maqsadida.