Gangliyalarni blokada qiluvchi moddalar. Bu moddalar vegetativ gangliyalar sezuvchanlishini pasaytiradi va natijada postgangliyalarga o‘tadigan impulslarni to‘xtatadi. Bu holatda vegetativ nervlarning organizmning turli organ va sisiemalarini funksional holatiga ta’siri susayadi.
Gangliyalitiklar meditsina amaliyotida keng qo‘llaniladi, lekin veterinariyada ko‘p qo‘llanilmaydi. Ko‘proq pentamin, benzogeksoniy, paxikarpin, sintamin va h.k qo‘llaniladi.
1. Pentamin – kukun yoki 5%li eritma holida chiqariladi. U oshqozon, ichaklar, tomir va bronxlar silliq muskullarini bo‘shashtiradi va turli spazmlar muskul ichiga yoki venaga yuboriladi.
2.Paxikarpin – alkaloid, bachadon qisqarishi bo‘shashganda, tomirlar spazmida, tug‘ishda yo‘ldosh ushlanib qolganda qo‘llaniladi.
Harakatlantiruvchi nervlar oxirlariga ta’sir etuvchi moddalar-mioreleksantlar. Bu moddalar Janubiy Afrika mamlakatlarida o‘sadigan o‘simliklardan olinadi. Mahalliy aholi yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun kamon o‘qlarini zaharlaganlar. Bu zaharlarga qurare deb nom berildi.
Qo‘llanganda hayvon harakatlana olmaydi, ya’ni bu moddalar harakatlantiruvchi nervlar oxiridagi skelet muskullari N –xolinoretseptorlarni falajlaydi, qo‘zg‘atuvchi nervdan impulslar o‘tolmay, muskullar bo‘shashadi – relaksatsiya yuz beradi, lekin yurak faoliyati, qon aylanishi hazm organlariga ta’siri kuchsiz.
Preparatlari: Diplatsin, ditilen, mellektin, siklobutoni, kondelfin
Qo‘llash. Xirurgik operatsiyalarda muskul bo‘shatish uchun yovvoyi hayvonlar diagnostikasi va davolash ishlarini bajarish uchun muskul ichiga yuboriladi.
Gistaminga qarshi moddalar. Gistamin – o‘simlik va hayvon to‘qimlarida keng tarqalgan, uning miqdori autointoksikatsiyasida, toksimiya, meteorizmda birdan ko‘payadi. Natijada hayvonlarga noxush ta’sir etadi – shilliq muskullar spazmi, kapillyarlar kengayadi, oshqozon – ichak sistemasi sekretsiyasi kuchayadi, bachadon qisqaradi, shishlar hosil bo‘ladi, teri sezuvchanligi oshadi. Bu holatlar allergiyada ham kuzatiladi.
Uni organizmda gistaminaza parchalab turadi.
Qo‘llanishi. Veterinariyada gistaminga qarshi moddalar isitmada zardob kasalliklarida, medikomentoz zaharlanishlarda shishlarda va allergik kasalliklarda qo‘llaniladi.
Gistaminga qarshi moddalar: dimedrol, diazolin, diprozin, suprastin.