Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Mahalliy anesteziyalovchi moddalar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə42/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Mahalliy anesteziyalovchi moddalar
Anesteziya (grek-an-inkor, aesthesiz-sezish) - sezuvchanlikni hamma turlarini yo‘qotish yoki to‘xtatish. Sezuvchanlikni yo‘qotish umumiy yoki mahalliy bo‘lishi mumkin.
Umumiy anesteziya markaziy nerv sistemasi funksiyasini buzilishi, mahalliy esa markaziy nerv sistemasiga retseptorlardan keladigan impulslar to‘xtashi bilan ifodalanadi. Mahalliy sezuvchanlikni yo‘qolishini chaqiruvchi vositalar mahalliy anesteziyalovchilar deyiladi.
Ular qaysi nerv uchastkasi bilan kontaktda bo‘lsa, o‘sha erga tanlab ta’sir etadi va afferent nervlar qo‘zg‘aluvchangligini blokada qilish uchun qo‘llaniladi.
Bu dorilarni topish uchun qadimdan shug‘ullanganlar. Faqat 1879 yilga kelib rus farmokologi V.K.Anrep kakainni mahalliy og‘riq qoldiruvchi dori sifatida amaliyotda ishlatishga tavsiya qilgan. Shundan keyin mahalliy anesteziya qilish usullari yaratila boshlandi. Lekin kakain o‘ta zaharli va tobelik chaqirish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun keyinchalik yangi sintetik moddalar kashf qilindi.
Hamma mahalliy anesteziyalovchilar kimiyoviy tuzilishi murakkab efirlar va xushbo’y kislotalar.
Bu moddalar xirurgik operatsiyalarda va turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Ta’siri: Bu moddalar ta’sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Lekin aniqlandiki, bu dorilar ta’sirida sezuvchan tolalar bo‘yicha qo‘zg‘alishni o‘tkazish blokada qilinadi, nervlarda sezilarsiz oqsillar qayta denaturatsiyasi, o‘tkazuvchanlikni o‘zgarishi kuzatiladi.
Nervlardagi bu o‘zgarishlar shundan dalolat beradiki anesteziya nerv tolalari membranasi o‘tkazuvchanligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, bu dorilar, nerv to‘qimasini nafas olishini susaytiradi, natijada uning qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi.
Hozir bu moddalar turli usullar bilan qo‘llanilmoqda: yuza, o‘tkazuvchan, ifiltratsion, orqa miya, suyak ichi, tomir ichi blokadalari.
Shuni unutmaslik kerakki, bu moddalar katta dozalarda hayvonlar uchun zaharli, shuning uchun ular aniq dozalarda qo‘llash kerak.


  1. Yüklə 2,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin