Yumshatuvchi moddalar. Bu moddalar yog‘ va yog‘simon moddalar bo‘lib, hayvonlar, o‘simliklar va minerallardan olinishi mumkin. Yumshatuvchi moddalar qo‘llanilganda teri va boshqa to‘qimalardagi va to‘qimalardagi ingichka qatlam bilan yopib, retseptorlarni taasurotlardan saqlaydi, teri epidermisiga chuqurroq kirib, uni yumshoq va elastik qiladi, yallig‘langan to‘qimani bo‘shashtiradi, teridagi o‘lgan hujayralarni ajralishiga yordam beradi.
Bu moddalar teri va shilliq moddalar bo‘shashtirish uchun, shikastlangan terini changlar, mikroorganizmlar va boshqa taasurotlardan himoya qilish maqsadida tashqi tomonga (perse) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu moddalar maz, pasta tayyorlashda ishlatiladi. Masalan vazelin, parafin maz tayyorlashda yuza ta’siri uchun lanolin va cho‘chqa yog‘i chuqurroq ta’sirga ega mazlar uchun ishlatiladi. Ba’zan bu modda klizma uchun to‘g‘ri ichakdagi tezakni bo‘shatib chiqarish maqsadida qo‘llaniladi. Lekin bu moddalar havo, namlik, bakteriyalar ta’sirida buzilib, zararli bo‘lishi mumkin. Vazelin, glitserin, lonolin, parafin moylar kiradi.
Shilliq moddalar Bu modddalar suvga qo‘shilganda shilliqlar hosil qiladi. Ular katta yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lib issiqni qiyin o‘tkazadi. Og‘riqni yo‘qotuvchi va adsorbent ta’sir etadi. Teri va shilliq pardalarni ingichka parda bilan qoplab retseptorlarni taassurotlardan saqlaydi. Moddalarni so‘rilishini qiyinlashtiradi. Yallig‘lanishlarga qarshi ta’sir etadi. Turli moddalarni qitiqlovchi ta’sirini yumshatadi, to‘qimalar yallig‘langanda issiqlikni chiqishiga to‘sqinlik qiladi va yallig‘lanishni tuzalishiga yordam beradi. Bu moddalar shakl beruvchi modda sifatida bo‘tqa, bolyus, pilyula tayyorlashda ishlatiladi. Teri va shilliq pardalar yallig‘langanda zaharlanishlarda zaharli moddalar so‘rilishini kamaytirish uchun dori moddalar qitiqlovchi ta’sirini kamaytirish uchun (masalan xloralgidratni) og‘iz orqali va rektal yuborganda. Bu moddalar birgalikda burishtiruvchi va antiseptik moddalar bilan qo‘shib qo‘llansa yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchayadi.