Kraxmal-Amylum-tarkibida kraxmal saqlovchi o‘simliklar-bug‘doy, makkajo’xori, kartoshkadan olinadi. Kraxmal og‘iz orqali yallig‘lanishga qarshi, zaharlar so‘rilishini kamaytiruvchi, o‘rab oluvchi va qurituvchi dori sifatida tashqi tomonga yaralar, dermatit ekzemalarga yodoform, talk bilan qo‘llaniladi, pasta kukunlar tarkibiga qo‘shiladi.
Zig‘ir urug‘i-tarkibida ko‘p miqdorda shilliqlar va yog‘simon moddalar saqlaydi. Emulsiya shaklida oshqozon –ichak yallig‘lanishida kaprostazlarda dori moddalar qitiqlovchi ta’sirini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Altey ildizi-tarkibida 35% shilliq modda, 30% kraxmal va boshqalar saqlaydi.
U o‘rab oluvchi va yallig‘lanishga qarshi oshqozon va ichak yallig‘lanishlarida, shakl beruvchi sifatida bo‘tqa, bolyus tarkibiga qo‘shiladi.
Adsorbiyalovchi moddalar Adsorbiyalovchilar deb, o‘z yuzasida suyuqliklarni, gazlarni va qattiq tanachalarni shimib olish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarga aytiladi. Adsorbiyalovchi moddalar mayda kukunlar shaklida, keng yuzali, suvda erimaydigan to‘qimalarni qitiqlamaydigan hususiyatlarga ega. Adsorbsiya bu vaqtinchalik holat, u moddalar kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi. Moddalarni adsorbiyalovchi xususiyati shunda kuchli bo‘ldiki, qachonki juda mayda bo‘lsa, teshikchalar ko‘p bo‘lsa,ular: aktiv ko‘mir, oq gil, torf talk, magniy oksidi, magniy trisilikat.
Bu moddalar dust shaklida dori moddalarni qo‘shimchalari sifatida, tashqi tomonga yaralarga qo‘llaniladi. Bundan tashqari og‘iz orqali turli zaharlar bilan zaharlanishlarda, ichaklar toksikozi va gazlar to‘planganda qo‘llaniladi. Lekin albatta surgi moddalar qo‘lash kerak.
Afferent nerv oxirlarini qitiqlovchi moddalar. Ammiak va uning unumlari Ammiak (NH3)-ko‘plab organizm azot saqlovchi birikmalar parchalanishidan hamda ammoniy tuzlarni ishqorlar bilan o‘zaro ta’siridan hosil bo‘ladi. U rangsiz gaz bo‘lib, o‘tkir qitiqlovchi hidga ega. Amaliyotda ammiakni suvli eritmasi-nashatir spirt qo‘llaniladi, tarkibida 10% NH3 caqlaydi. (NH4OH)