Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə48/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

2. Shivit (ukrop) mevalari – ko’p yillik o‘simlik, mevasida 2-7% gacha efir moylari saqlaydi. Ta’sir va qo‘llash anis mevasi kabi.
3. Moychechak gullari (Romashka) gullarida 0,1-0,25% efir moylari saqlaydi hamda shilliq va burishtiruvchi moddalar saqlaydi.
Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishlarga qarshi ta’sir qiladi, kapillyarlar qisqaradi, bakteriyalar rivojlanishiga qarshilik qiladi. Hazm organlarida achishni to‘xtatadi, toksinlarni neytrallaydi, og‘riqni oladi, spinkterlarni bo‘shatadi, yallig‘lanish holatini yumshatadi, bo‘yrak orqali chiqib siydik haydovchi ta’sir qiladi.
Qo‘llash. Tashqi tomonga damlama shaklida yallig‘lanishga qarshi, og‘iz orqali yallig‘lanishga va achishga qarshi vosita sifatida oshqozon ichak shilliq pardalari yallig‘lanishlarida, ichak sanchiqlari va intoksikatsiyalarida qo‘llaniladi.
4. Mentol – yalpizdan olingan efir moylarida bo‘ladi.
Teriga va shilliq pardalarga mentol anal’geziyalovchi tomirlar qisqartiruvchi va antiseptik ta’sir etadi shu bilan birga sovuq sezish, achishish va sanchish chaqiradi.
Rezorbtiv qon aylanishga huddi kamfora kabi ta’sir etadi, agar doza ozroq oshirilsa Yurak ishini susayishi, qon bosimi pasayishi va markaziy nerv sistemasi susayishiga olib keladi.
Qo‘llash. Mentol og‘iz orqali qaltiroqli sanchiqlarda, og‘riqni tinchlantiruvchi va peristal’tikani yaxshilovchi hamda ko‘ngil aynishda, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Laringit, bronxit, o‘pka yallig‘lanishlarda 2-10% li eritmalari traxiya orqali yuborilsa yaxshi natija beradi.
Qustiruvchi va balg‘am ko‘chiruvchi moddalar
Bu dorilarni birlashtirilganlik sababi ikkalasi ham kichik dozalarda balg‘am ko‘chiradi, katta dozalarda qustiradi.
Balg‘am ko‘chiruvchi moddalar bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytirib yo‘talda va nafas yo‘llari yallig‘lanishlarida davolovchi ahamiyatga ega. Yo‘talda nafas yo‘llari mikroblar, yallig‘lanish mahsulotlari va qitiqlovchi moddalardan tozalanadi. Lekin bu ho‘l yo‘tal bo‘lsa foydali quruq yo‘talda emfizema yurak qon tomir sistemasi faoliyati bo‘zilishi bo‘lishi mumkin.
Balg‘am kuchiruvchi moddalar bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi va hilpillovchi epiteliylar funksiyasi aktivlashadi. Natijada yo‘tal yumshoq va og‘riqsiz bo‘ladi bronxial bezlar sekreti bilan tashqariga shilliq pardalarni qitiqlovchi moddalar chiqariladi. Natijada yallig‘lanish tuzalishiga yaxshi sharoit yaratiladi. Yallig‘lanishda bronxial sekret foydasi shundaki, ular shilliq pardalarni yopib, kiradigan havoga sezuvchanlikni pasaytiradi va og‘riqli yo‘talni reflektor chaqirishni kamaytiradi.
Balg‘am ko‘chiruvchi moddalar ko‘p, lekin amaliy ahamiyatga ega bo‘lish uchun ular noxush ta’sirga ega bo‘lmasligi yallig‘lanishni kuchaytirmaydigan aniq va uzoq balg‘am ko‘chirish xususiyatga ega bo‘lish kerak.
Bular ammiak, ammoniy xlorid, anis shivit mevasi efir moylari, skipidar kamfora va h.k.
Qusish organizmni himoya reaksiyasi bo‘lib oshqozon va ichaklar oldingi bo‘limi shilliq pardalarini kuchli qitiqlovchilardan ozod qilishga qaratilgan. Ba’zi holatlarda qusish turli ichki organlar kasalliklarining reflektor ta’siri natijasida paydo bo‘ladi.
Veterinariyada qo‘llanilgan qustiruvchi vositalar 2 ta guruhga bo‘linadi.

  1. Bevosita qustiruvchi markazni qo‘zg‘atuvchilar –apomorfin.

  2. Reflektor ta’sir etuvchilar: veratrin, chemeritsa alkoidlari, mis sulfat, ipekakuana ildizi va h.k.

Bu moddalar nerv yo‘llari bilan qusish markazini qo‘zg‘aydi va qustiradi.
Hamma qustiruvchi moddalar 5-15 daqiqa ta’sir etadi, keyin ta’sir to‘xtaydi.
Qo‘llash. Bu moddalar go‘shtxo’r va hammaxo‘r hayvonlarga sifatsiz ozuqalar va har xil ozuqalar bilan og‘iz orqali oshqozonga zaharlar tushib zaharlanishlarda.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin