Qo‘llash ta’qiqlanadi: Bug‘oz hayvonlarga, oshqozon va o‘pkadan qon ketganda markaziy nerv sistemasini susaytiruvchi zaharlar, ishqor kislota bilan zaharlanishlarda. O‘txo‘r hayvonlarga qo‘llanilmaydi.
Shirin va achchiq moddalar Shirin moddalar dorilarni ta’mini yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi. Ba’zilari esa ozuqaviy vosita va to‘qimalarda osmotik bosimni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Ularga lakrichnik ildizi, qand, asal, saxarin va h.k
Asal. Asalarilar mahsuloti tarkibida organik va noorganik moddalar Fe, Mg, Na,Cu, Zn, Mn lar, kislotalar, vitaminlar A, B guruh va Garmonlar saqlaydi.
Asalni mahalliy ta’siri juda foydali.
O‘tkir yallig‘lanishlarda to‘qimalarda ozuqalanishni yaxshilaydi va zaharli mahsulotlarni neytrallaydi. Natijada yallig‘lanish va og‘riq susayadi.
Asal surunkali oshqozon ichak kasalliklarida qimmatli davolovchi vosita hisoblanadi.
Qand. Shakar lavlagidan olinadi, organizm uchun ozuqa va energiya manbasi.
Uni dorilar achchiq ta’mini yo‘qotish hamda kasal hayvonlarga dietik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Achchiq moddalar Achchiq moddalar o‘simliklardan olinib, ovqat hazm qilishni yaxshilash, ishtahani ochish maqsadida qo‘llaydilar.
Bu moddalar terapevtik dozalarda og‘iz bo‘shlig‘ida hamda oshqozon shilliq pardasidagi ta’m sezuvchi nerv uchlarini qitiqlaydi va reflektor ravishda markaziy nerv sistemasi vegetativ nervlar orqali salivatsiya, oshqozon va oshqozon osti bezi sekretsiyasi ko‘chaytiradi, ichaklar fermentativ aktivligini yaxshilaydi, motorikani tiklaydi ishtahani ochadi. Katta dozalarda oshqozon sekretsiyasi va hazmlanishni susaytiradi.
Ular ham 2 ta guruhga bo‘linadi:
Toza achchiq modda saqlovchilar: gorchishnik