Qo‘llanilishi. Surgi dori sifatida mayda hayvonlarga ich qotishlarda, oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi. Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda ishlatiladi.
Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0, mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0-50,0.
II. Antraxinon unumlari.
Ichaklarni yo‘g‘on bo‘limlari surgi ta’sir etuvchi moddalarga antraxinon unumlari saqlovchi ba’zi bir o‘simliklar kiradi:
Sabur – Aloe
Sabur nastoykasi – Tinctura aloe
Senna bargi – Folium senne
Ravoch ildizi – Radix Rhei
Emodin – Emodinum
Sabur – Aloe – aloe o‘simligi shirasi, achchiq ta’mli, o‘ziga xos hidli.
Aloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan, uni Misrliklar bundan 3300 yil oldin ishlatganlar, keyinchalik bu dorini Hindlar, Rimliklar, Yunonlar ishlatganlar. Surgi dori sifatida saburni nemis farmakologi Paratsels keng qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham ushbu dorini ahamiyati, dorivorlik kuchi yo‘qolgani yo‘q
Aloe ta’siri
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi – antroglikozidlar hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib, ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda ishtahani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘t ajralishini kuchaytiradi. Katta dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi ta’siri 12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun eng yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa bu dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bug‘oz hayvonlarga surgi dori sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash natijasida reflektor yo‘l bilan orqa tos qismida joylashgan organlarga kuchli qon oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi.
Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xab dori shaklida, bo‘tqa shaklida, kukun shaklida qo‘llaniladi.
Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, yurak ishini buzilishi bo‘lganda, bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq ta’m paydo bo‘ladi.
Dozalari; (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0, mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.
Dostları ilə paylaş: |