Qon o‘rinbosarlari.
Agar hayvon ko‘p qon yo‘qotsa o‘limga olib keladi, sababi qon bosimi pasayadi, osmatik bosim yo‘qoladi va yurak oziqlanishi buziladi. Bunday paytlarda tez yordam uchun qon yoki qon o‘rinbosarlari qo‘llaniladi.
Qon o‘rinbosarlari tarkibida oqsil, qand va tuz saqlaydigan moddalar bo‘ladi va ular organizmda qon tez tiklash uchun sharoit tug‘diradi.
Preparatlar: Gidrolizin, glyukoza, poliglyukin, naturoza fiziologik eritma, sharabin eritmasi, ringerrok eritmasi.
Gidrolizin. Qoramollar qoni oqsillaridan olinadi, tarkibida barcha aminakislotalar saqlaydi. Gidrolizin organizmni himoya funksiyasini aktivlashtiradi, zaharlarga qarshi ta’sir etadi va oqsil etishmovchiligida, kaxiksiyada, kuchsizlanishlarda qo‘llaniladi.
Glyukoza – oq kukun, suvda eriydi.
Ta’siri. Glyukoza energiya manbai sifatida hamma organlar faoliyatiga ta’sir etadi, jumladan, yurak faoliyatini yahshilaydi, oshqozon va ichaklarda fermentlar aktivligini va ularni peristaltikasi aktivligini oshiradi, ichki sekretsiya bezlari funksiyasini kuchaydiradi, muskullar qisqarishiga ta’sir qiladi.
Qo‘llanilishi. Glyukoza – eng yaxshi antitoksik vosita. Ayniqsa margumush, morfin, strixnin bilan zaharlanganda va boshqa barcha zaharlanishlarda, markaziy nerv sistemasi va vegetativ nerv sistemasi foaliyati charchaganda, yurak etishmovchiliklarida, jigar va bachadon tug‘riqdan keyingi falajda, opiratsiyalardan keyingi shokda, kasalliklarida
Doza venasiga: ot 30-120,0 qoramol 30-150,0 quy 6,0- 30,0 it 2,0-8,0
Tuz eritmalar: qon yo‘qotishlarda, intoksikatsiya, shok, qon bosimi pasayganda qo‘llaniladi.
Bularga: fiziologik eritma, ringer va sharabrin eritmalari kiradi.
Poliglyukin- sintetik preparat, glyukoza va fiziologik eritmani qo‘shilishidan tashkil topgan. Vena orqali yuborilsa osmatik qon bosimini ko‘taradi, shishlar rivojlanishiga qarshilik qiladi.
U qon bosimi pasayganda, tuz bilan zaharlanishlarda va turli shok holatlarida.
Dostları ilə paylaş: |