Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə59/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Spazmalitik moddalar.
Bu moddalar hamma organlarda silliq, muskullarni bo‘shashtiradi, ayniqsa tomirlar, ichaklar va bachadonda ko’proq bo’ladi.
Eng aktiv spazmalitik moddalarga: amilnitrat, natriy nitrit, nitroglitserin va spazmalitin kiradi.
Bu moddalar tomirlar harakatlantiruvchi markazlar tonusini kamaytirib, tomirlarni kengaytiradi.
Amilnitrat, natriy nitrit va nitroglitserin qon tomirlar spazmida, bronx va ichaklar silliq muskullari spazmida hamda sianidlar bilan zaharlanganda, spazmalitin esa ichak sanchiqlarida qo‘llaniladi.


Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar.
Ma’lumki, organizmda kuchli qon ivish sistemasi borligi uchun qon iviydi va jarohatlangan joyda tromb hosil qilib, qon to‘xtaydi. Lekin organizmda qon ivishiga qarshi sistema borligi uchun tomirlarda qon ivimay suyuq holatda bo‘ladi.
Ba’zi kasalliklarda qon ivishi pasayib ketadi yoki qon ivishi kuchayib ketadi. Bunday holatlarda qon ivishi kuchaytirish uchun – koagulyantlar, qon ivishini kamaytirish uchun – antikoagulyantlar qo‘llaniladi.
Koagulyantlar. Qon ivishini pasayshi vitamin K etishmovchiligi, tromotsitlar kamayishi, trombin, fibrinogin sintezini buzilishida kuzatiladi. Bunda qonni to‘htatish uchun vitamin S, K, yod, rutin moddalar qo‘llaniladi.
Koagulyant sifatida – trombin qo‘llaniladi bu modda qon fermenti tabletka yoki ampulada chiqariladi, qo‘llanilganda qon oqishini tez to‘htatadi. Fiziologik eritma bilan qo‘llaniladi.
Antikoagulyantlar. Ba’zi patologik holatlarda:
Tomirlar shikastlanishi, tomirlarda qon oqishi pasayishi, qonda ba’zi oqsil fraksiyasini ko‘payishi qon ivishini ko‘chaytiradi va tomirlarda tromb hosil qiladi. Antikoagulyantlar fibrin hosil bo‘lishiga qarshilik kursatadi.
1.Geparin – eng tez ta’sir qiladigan vosita, qoramol o‘pkasidan olinadi. Kukun yoki eritma shaklida bo‘ladi. Hayvonlarga teri ostiga yo muskulga qo‘llaniladi.
Dozasi: 100-130 TB 1kg og‘irlikga qo‘llaniladi.
2.Natriy sitrat oq kristal kukun suvda eriydi qonga qo‘shilganda trombin hosil bo‘lishini buzadi va qon uzoq muddat ivimaydi qonni tekshirishlarda ko‘proq qo‘llaniladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin