Tayanch tushunchalar: ► Vitaminlar va vitaminsimon ta’sir qiladigan preparatlar to‘g‘risida tushuncha. ► Suvda eriydigan (tiamin-bromid), riboflabin, piridoksin, sianokobolamin, fol kislota, nikotin, askorbin kislotalari, rutin. ► Yog‘da eriydigan (akserftol, ergokalsiferol, xolekalsiferol, tokoferol, vitamin K) vitamin preparatlarining ahamiyati va qo‘llanilishi. ► Pivo achitqisi, vitamin F, polivitaminlar (baliq moyi, trivit) ning veterinariya va chorvachilikdagi ahamiyati. Ko‘rsatkichlari.
Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
Vitamin va vitaminsimon moddalar. Vitaminlar (vita - hayot va aminum - aminlar) inson va hayvonlar yashashini ta’minlovchi aminlar bo‘lib, organizmni o‘sib rivojlanishi uchun g‘oyat zarur bo‘lgan moddalar. Ularni ko‘pchiligi qon va to‘qimalar maxsus oqsillari bilan birikib, fermentlar hosil qiladi.
Vitaminlar insonga hayvonlar yashashini ta’minlovchi aminlar bo‘lib, organizmni o‘sib, rivojlanishi uchun g‘oyat zarur bo‘lgan moddalar. Ularni ko‘pchiligi qon va to‘qimalar maxsus oqsillari bilan birikib, fermentlar hosil qiladi. (Azizova S.S 1994, 2000 y)
Vitaminlar organizmga asosan ovqat bilan tushib kimyoviy jarayonlarda, moddalar almashinuvida qatnashadi va ularni etishmovchiligida avitaminoz yoki gipovitaminozlar yuzaga keladi.
Organizmda gipovitaminozning sabablari: iste’mol qilinayotgan ozuqalarda vitaminlarni etishmovchiligi, oshqozon ichak kasalliklari tufayli qonga vitaminlar so‘rilishining buzilishi, o‘sayotgan yosh organizmning vitaminlarga ehtiyojini oshishi va h.k.
Hozir vitamin va unga o‘xshash 500 ga yaqin preparatlar sintez qilingan va kelib chiqishi bo‘yicha 4 guruhga farqlanadi.
Ozuqa vitaminlari – bular ozuqalarda toza yoki birikkan holatda bo‘ladi.
Toza vitaminlar – o‘simliklar tarkibidan ajratib olinadi.
Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan vitaminlar.
Sintez yo‘li bilan olinadigan vitaminlar.
Veterinariya amaliyotida vitaminoz yoki gipovitaminoz davolash bilan birga ularni boshqa vositalar bilan ko‘pchilik yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Vitaminlarni 2 ta turi mavjud.