Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə61/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Diuretik moddalar.
Bu moddalar organizmdan siydik va u bilan barcha moddalar almashinuv mahsulotlari, zaharlar, dorilarni chiqishiga yordam beradi. Siydik ajralish ko‘chayishi organizmda suyuqliklarni kamayishi va shishlarni so‘rilishiga olib keladi.
Diuretiklarni asosiy ta’sir mexanizmi – bu qayta so‘rilish – reabsorsiyani kamayishi ya’ni suv va natriy ionlari buyrak kanalchalarida qayta so‘rilishni kamaytiradi.
Diuretiklar organizmda ortiqcha suvlar, shishlar va to‘planishlar paydo bo‘lganda, yurak etishmovchiliklarida, buyrak va siydik chiqarish yo‘llari kasalliklarida, zaharlanish va intoksikatsiyalarda qo‘llaniladi. Albatta ko’p miqdorda hayvonlarga suv ichirish kerak.
Diuretiklarga kofein, yurak glikozidlari, merkuzal, temisal, diakarb, teobromin, teofillin, furosemid, lazikslar kiradi.

  1. Merkuzal- mercusalum. Ampulalarda ishlab chiqiladi, 4 % simob saqlaydi.

Eng kuchli diuretik hisoblanadi. Ta’siri 6 soatdan keyin boshlanib, 2 kun davom etadi. Masalan: otlarda o‘rta dozalarda 1 kunda 50 l siydik haydaydi.
Doza muskul yoki venaga ot 3-10 ml, it 0,5-3 qoramolda venaga 2 ml 100 kg o’g‘irligiga yuboriladi.
Qo‘llash: Toksik shishlarda, yurak va buyrak etishmovchiliklaridan kelib chiqadigan shishlarda

  1. Temisal – oq kukun, suvda eriydi, tarkibi teobromin va natriy salitsilat.

Siydik haydovchi va tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida yurak va buyrak etishmovchiliklari va shishlarida, suv to‘planishlarda, intoksikatsiyalarda qo‘llaniladi.
Dozasi. Og‘iz orqali: Ot, qoramol 2,0 – 6,0 it 0,2 – 0,6

  1. Urotropin- oq kristal kukun, suvda eruvchi. Bu dori ammiak va formaldegidni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.

Antiseptik va yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida buyrak siydik pufagi va siydik chiqarish kanali yallig‘lanishlarida uni 40% li eritmasi vena tomirga yuboriladi.
Dozasi. Venaga: ot va qoramol 5,0 – 20,0, qo‘y va cho‘chqa 2,0 – 5,0, it 0,2 – 2,0 mldan qo’llaniladi.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin