Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə69/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Bakterial preparatlar
Buyuk rus olimi Mechnikov odam va hayvonlar hayotida hazm yo‘li fiziologik mikroflorasining katta ahamiyati borligini isbotlagan. Olim tomonidan taklif qilingan sut prostokvashi shaklidagi atsidofil tayoqchasi odam va hayvonlar uchun ham davolash, ham profilaktika maqsadida qo‘llaniladi.
Atsidofil tayoqcha – hayvonlar uchun zararsiz mikroorganizm, hazm yo‘lida yashaydi va uglevodlarni parchalaydi, sut kislota hosil qiladi, natijada oshqozon va ichaklar bezlari sekretor faoliyati aktivlashadi, mayatniksimon harakat tezlashadi. Qisman peristaltika ham, fermentlar aktivlashadi. Buning hammasi jami hazm organlari fiziologik holatini tiklashga, hazmlanishni yaxshilashga, ozuqa moddalar o‘zgarishtirishga toksinlarni neytrallash va patogen mikroorganizmlar uchun noxush sharoit yaratishga olib keladi.
Atsidofil tayoqchasi oddiy sharoitda hazm yo‘lining doimiy mikroflorasi hisoblanadi. Ko‘pchilik kasalliklar va oziqlanish buzilishlarida ichaklarda uning miqdori sezilarli kamayadi. Natijada organizmni umumiy holatiga ta’siri seziladi. Hazm organlariga tushgan patogen mikroblar yuqumli kasalliklar chaqirishi mumkin. Hozir bakterial preparatlardan quyidagilar qo‘llaniladi:

    1. ABK- atsidofilnaya bulonnaya kultura

2. PABK- propionovo – atsidofilnaya bulonnaya kultura
PABK- “V” guruh vitaminlari va vit V12 ni hosil bo‘lishida ahamiyati katta. PABK va ATK hayvonlarni o‘sish va rivojlanishini tezlatadi. Homilani rivojlanishi va bug‘ozlikni kechishini yaxshilaydi va organizmni himoya funksiyasini aktivlashtiradi.
Bakterial preparatlar V guruh vitaminlari etishmovchiligida, oshqozon – ichak buzilishlarida alimentar anemiyada, hayvonlar o‘sishini tezlatishda qo‘llaniladi.
Fermentlar
Fermentlar – biokimyoviy jarayonlarning mahsus katalizatorlari. Ular hayvon, o‘simlik va mikroblar funksional ho‘jayralarida hosil bo‘lib, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Toza holdagi yoki nativ shaklida dori modda sifatida modda almashinuv va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun davolash maqsadida qo‘llaniladi.
Hozir 1800 ga yaqin fermentlar fanga ma’lum.
Ular juda muhim xusiyatlari shundaki, kimyoviy reaksiyalarni million marta tezlatadi, lekin o‘z aktivligini yo‘qotmaydi va yuqori maxsus ta’sirga ega.
Fermentlar organizmda o‘zaro bir-biri bilan aloqada ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir kaliy aniq ketma-ketlikda, aniq optimal sharoitlarda o‘tishi kerak. Fermentlar organizmda doim sintezlanadi. Lekin ba’zilari birlari organizmga tashqaridan kirishi mumkin.
Fermentlar 2 xil bo‘ladi.

  1. Oddiy faqat oqsillardan tashkil topadi.

  1. Murakkab, oqsil va oqsil bo‘lmagan qismlardan tashkil topadi.

Veterinariya amaliyotida fermentlar o‘rinbosar terapiya sifatida ular etishmovchiligida organizmda; farmakologik vosita sifatida ferment etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolashda; hayvonlarda modda almashinuvni tezlatib, ularni tirik vaznini oshirish maqsadida.

  1. Pepsin – cho‘chqalar oshqozoni shilliq pirdasidan olinadi, oq kukun, suvda eriydi.

Pepsin hayvon va o‘simliklar oqsilini gidrolizini kuchaytiradi. U og‘iz orqali yosh hayvonlar dispepsiyasida, oshqozon va ichaklar yallig‘lanishlarida, ovqatlar hazmlanishi susayganda xlorid kislota eritmasi bilan kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi.


  1. Yüklə 2,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin