3. Ovariolizat – tuxumdon kasalliklarida
4. Kutilizat – teri kasalliklarida
Aminokislotalar. Bular kislota va aminlar hususiyatiga ega organik birikmalar bo‘lib, tarkibida karboksil va amino guruhini saqlaydi. Bu moddalar barcha tirik organizmlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, oqsillar tarkibiga kiradi va hayvonlar mahsuldorligi, rezistentligi va immunokimyoviy reaksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ular hayvonlar organizmida sintezlanadi, lekin mahsuldor hayvonlar hayot kechirishi uchun ratsionda ham aminokislotalar etarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun hayvonlar ratsioniga sintetik aminokislotalar qo‘shiladi.
Metionin – oq kukun holida sintetik aminokislota.
U organizmda ba’zi bir ferment va organlar vit V12 foli kislota va ait S ta’sirini aktivlashtiradi, organizmda zaharlarni neytralaydi.
Metionin jigar kasalliklarida, ba’zi zaharlanishlarda (margumush, fenol, geksaxloran), distrofiyada, cho‘chqa va tovuqlar o‘sishi va mahsuldorligini oshirishda qo‘llaniladi.
Sistin – Systinum. kristal kukun, suvda eriydi.
Organizmda u silliq muskulli organlarda yallig‘lanishlar rivojlanishini oldini oladi, ba’zi ferment va oqsillarga ta’sir etadi, metionini sarflanishini kamaytiradi va organizmda 5 soatgacha ta’sir etadi. Shuning uchun ozuqa bilan birilganda kuniga 4 martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Gamma – globulin – qon zardobning oqsil fraksiyasi.
U individual murakkab tuzilishli oqsil bo‘lib, hayvonlar yuqimli kasalliklarini oldini olishda qo‘llaniladi.
Glutamin kislota – (Asidum glutaminicum)- oq kristal kukun, suvda yahshi erimaydi, kislota va ishqorlarda yaxshi eriydi. Organizmda u katta miqdorda miya to‘qimasi tarkibida bo‘ladi va azot, uglevod modda almanishuvida qatnashadi, ATF va atsetilxolin hosil bo‘lishini stimullashtiradi, ammiakni biriktirib organizmni zaharlardan tozalashga yordam beradi.
Hayvonlarga holsizlanish, deprissiya, intoksikatsiyalar bilan kechadigan kasalliklarda, muskullar distrofiyasi nerv sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladi.