Mineral moddalar haqida ma’lumot: Mineral moddalar hayvonlarni mahsuldorligini oshirishda rezistenligini ta’minlashda moddalar almashinuvida katta rol tutadi.
Hozir aniqlandiki, meniral moddalar deyarli barcha fiziologik jarayonlarda qatnashadi: jumladan, kislorod tashish, gaz almashinuv, sekretsiya bezlari, sut ajralish, jun qatlamini shakllanishi, immun tanachalarni hosil bo‘lishi va h.k.
Mineral moddalar osmatik bosim, pH, bufer sistemalar, qon va to‘qima hususiyatlarini quvvatlab turadi, Garmon va fermenlar aktivligini boshqaradi, modda almashinuvida hosil bo‘ladigan zaharli moddalarni neytralaydi.
Mineral moddalarni yuqorida qayd etilgan hususiyatlaridan foydalanib ularni barcha yuqimsiz, yuqimli parazitlar, xirurgik akusher – ginekologik kasalliklarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Farmakologiyada bu moddalar 2 guruhga bo‘linadi.
Ishqoriy – er metal tuzlari: Na, K, Ca, Mg
Og‘ir metal tuzlari: Al, Rl, Su, Zn, Hg, Fe
Ishqoriy va ishqoriy – er metal tuzlari og‘ir metal tuzlari. Fosfor va yod tuzlaridan iborat.
Natriy tuzlari
1.Natriy xlor – ba’zi bir ko‘l va dengiz suvlaridan olinadi, oq rangda, hidsiz sho‘r ta’mli qitiqlovchi modda.
Ta’siri: Mahalliy natriy xlor qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Terida ta’siri yo‘q, lekin hazm sistemasida tushgach so’lak, oshqozon, ichak sekretsiyasini reflektor qo‘zg‘ab, pepsin va xlorid kislota ishlab chiqarishga yordam beradi, peristaltikani kuchaytiradi, ichakda ozuqa moddalarni so‘rilishini kuchaytiradi.
Gippertonik eritmalar antiseptik, achishga qarshi ta’sir etadi, chirishni to‘g‘tatadi.
Natriy xlor so‘rilgan moddalar mineral almashinuvida qatnashadi, organizmda osmatik muvozanatni ushlab turadi va moddalar almashivini tezlashtiradi.
Qo‘llash. Ovqat hazm qilishni kuchaytirish va tam beruvchi vosita sifatida o‘txo‘r hayvonlar beriladi; Yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida vaginit va metritlarda, gastritlarda qo‘llaniladi vena tomiriga kavshovchilar atoniyasida otlar sanchig‘ida 10% li eritmalari ishlatiladi.
Izotonik eritmalari siydik haydovchi sifatida zaharlanishlarda teri ostiga yoki venaga yuboriladi. Doza: venaga otga 10,0 -75,0 ml, qaromolga 20,0- 100 ml, qo‘yga 1,0 -15,0 ml, itga 0,1-2,0 mlqo’llaniladi.
Ta’siri: Natriy sulfat kam zaharli va aktiv surgi vosita. Ichaklarga tushgach, o‘ziga suvni to‘playdi va ichaklar devorini qisib reflektor ravishda peristaltikani kuchaytiradi.
Ichaklar surgi ta’sirini tez namoyon bo‘lishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qilinidi.
Surgi ta’siri 8 -10%li konsentratsiyada o‘tho‘r hayvonlarda 3-4 soatda gushthur hayvonlarda 1-2 soatda namoyon bo‘ladi.
Qo‘llash: Kichik dozalarda ovqat hazm qilishni yahshilash, ishtaha ochish uchun, katta dozalarda surgi vosita sifatida zaharlanishlarda atoniyada, kaprostaz va ximostazlarda qo‘llaniladi.
Kaliy tuzlari. Kaliy xlor. Bu tuz murakkab izotonik eritmalar tarkibiga qo‘shib qo‘llaniladi.
Bu tuz parasimpatik nervlar tonusini oshiradi, ichki organlar tomirlarini kengaytiradi, perifirik tomirlarni toraytiradi, buyrak orqali chiqib diuretik ta’sir etadi.
Sun’iy karlovar tuzi. Tarkibi: 44% natriy sul’fat, 36% natriy gidrokarbonat 18% natriy xlor va 2% kaliy sul’fat.
Ta’siri: Oshqozon – ichak yuliga tushgach retseptorlarni qitiqlab, reflektor ravishda oshqozon, ichak, oshqozon osti bezi sekretsiyasini va suyuqligi ajraladi.