Qo‘llash. Dermatitlarga yaralarni maz yoki pasta holida qo‘llaniladi.
Vismut preparatlari.
Vismut subnitrat – burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va dezinfeksiyalovchi vosita sifatida og‘iz orqali gasterit va enteritlarda bolyus va pilyula shaklida, tashqi tomonga esa yaralarga kuyganda qo‘llaniladi.
Kseroform. Kuchli antiseptik dori sifatida og‘iz orqali gastrit va entiritlarda, tashqi tomonga yaralarga qo‘llaniladi. Bundan tashqari vishnevskiy mazi tarkibida bo‘ladi.
Temir preparatlari. Shilliq pardalarga yaraga qo‘llanilganda mahalliy ta’siri namayon bo‘lib, burishtiruvchi: kuydiruvchi ta’sir etadi kichik konsentratsiyalarda og‘iz orqali qo‘llanilsa ovqat hazm qilishni yahshilaydi.
Hayvonlarda temir gemoglabinni tarkibiy qismi hisoblanadi. Rezorbtiv ta’sir etib, gemoglobinni ko‘payishiga, eritropoezni aktivlashi, to‘qimalarda oksidlanish- tiklanish holatlarni kuchayishiga yordam beradi.
Temir askorbin kislota – kompleks preparat bo‘lib, tablitka holida temir etishmovchiligida va gipovitaminoz qo‘llaniladi.
Ferroglokin – temir va glyukoza polimeridan iborat kompleks preparat. Hayvonlarga anemiya kasalliklarida muskul orasiga yuboriladi.
Mis preparatlari Mis sulfat SuSO4 – ko‘k rangli hidsiz kukun suvda yaxshi eriydi.
Burishtirkvchi ta’siri yo‘q 10- 30%li konsentratsiyada kuydiruvchi ta’sir etadi.
Mis sulfat antimikrob ta’sir etadi. Masalan 15 daqiqada ichak tayoqchalari rivojlanishini to‘htatadi. Kuchli antgelment hisoblanadi.
Qo‘llash: Antgelment sifatida 1%li eritmalari og‘iz orqali qo‘ylarni monizioz kasalligiga qarshi dezinfeksiyalovchi sifatida 1-2% li eritmalari stomatitda qo‘llaniladi.
Kumush preparatlari – AgNO3(letis), A ro‘yxatda.
1.Asosan burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sirga ega.
Qo‘llash: Burishtiruvchi va bakteriotsid vosita sifatida 0,5%li eritmasi stomatit, oqsil kasalligida og‘izni chayqash maqsadida, 3-5% li eritmalari ekzema, dermatitlarda, oftalmologiyada 0,1- 2% li eritmalari qalamcha holida suyal, papillomalarni kuydirish uchun qo‘llaniladi.
Yod preparatlari. Qoramtir – kukimtir rangli spirtda yaxshi eriydi.
Yod qolqonsimon bezni tarkibi kiradi. U organizmda kalsiy, fosfor, temirni o‘zlashtirish va fermentlarni aktivlashtirishda qatnashadi, oqsil almashinuvini kuchaytiradi.
Qo‘llash: Yodni suvli eritmalari 1:1500 nisbatda buzoq va qo‘ylarni diktiokaulyoz kasalligida 0,05%li eritmasi teleziozda, 5% li eritmasi xirurgik operatsiyalarda yaralarni dezinfeksiya qilish uchun, 10% li eritmalari aktinomikozda qo‘llaniladi.
Kaliy yod tabletkalari yod etishmovchiligida qo‘llaniladi.