Formaldegid guruhi. Formalin – bu 40% li formaldegid eritmasi, rangsiz, tiniq suyuqlik, o‘tkir hidli modda.
Ta’siri. Spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar, viruslar va zamburug‘larga kuchli antimikrob ta’sir etadi. Og‘iz orqali qo‘llansa achishga qarshi ta’sir etadi. Konsentrlangan eritmalari to‘qimalarni qitiqlaydi va kuydiradi. Teri yuzasiga qo‘llanganda qitiqlovchi, kuydiruvchi, antimikrob, parazitlarga qarshi va dezodorant ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: formalin chorva binolarini dezinfeksiya qilish keng qo‘llaniladi. Buning uchun 1 – 3 % li eritmalari; 1-2% li eritmasi timpaniyada, atoniyada, instrumentlar, transportni mikrobsizlantirish, 2 – 5 % li liniment holida qo‘tirga qarshi va patanatomik preparatlarni konservatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Geksametilen tetramin (urotropin ) – oq kristall kukun, suvda eriydi.
Ta’siri: Organizmga tushgach, kislotali muhitda farmaldegid va ammikga parchalanadi va antimikrob ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: buyrak, siydik pufagi va chiqaruv yo‘llari yallig‘lanishlarida venaga yoki og‘iz orqali qo‘llaniladi.
Dozasi: Og‘iz orqali va venaga: ot va qoramol 5,0-20,0; qo‘y va cho‘chqa 2,0-5,0; itga 0,5-0,2; tovuq 0,001-0,05 mg dan qo‘llaniladi.
Kislorod beruvchi moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar oksidlash xususiyatiga ega, jumladan o‘zidan atomar kislorod berib, kuchli ta’sir xususiyatiga ega bo‘ladi va mikroblar bilan uchrashganda ularni o‘ldiradi.
Bu dorilar kuchli va tez bakteriotsid ta’sir etadi. Ularni bu xususiyati shilliq pardalar va yaralarda mikroblarni vegetativ shakllarni yo‘q qilishda katta ahamiyatga ega. Atomar kislorod yallig‘lanish mahsulotlari bilan oson birika oladi. Natijada dezodorant ta’sir etadi.
Mahalliy – burushtiruvchi va qitiqlovchi ta’sirga ega. Katta konsentratsiyalarda mikrob hujayralarni o‘ldiradi.