Jinsiy garmonlar: Estrogenlar. Estrogenlar urg‘ochi hayvonlarni jinsiy Garmonlari bo‘lib, tuxumdonda va qisman bachadonda ishlab chiqariladi.
Veterinariya amaliyotida esa estrogenlar urg‘ochi organ kasallliklarida, bepushtlikni davolashda, platsenta va mumifikatsiyalangan homilani chiqarishda, jinsiy funksiyani stimulashtirishda, sut ajralishini boshqarishda va hokazolarda qo‘llanilib kelinmoqda.
Keyingi yillarda esterogenlar chorvachilikda hayvonlarni semirtirish va kuyga keltirishni sinxronlashtirishda qo‘llanilmoqda. Esterogenlarni chorvachilikda ahamiyati keng ekanligini olib, kimyogarlar bugungi vaqtga kelib 500 dan ortiq esterogen aktivlik darajasiga ega bo‘lgan xar xil birikmalarni sintez qildilar.
Estrogen preparatlarga quyidagilar kiradi: 1. Estron (follikulin) – Oestronum (Folliculinum)
2. Estradiol-benzoat – Oestrodioli benzoas
3. Esrtadiol-dipropionat – Oestrodioli dipropionas
4. Sinestrol – Sinoestrolum
5. Dimestrol – Dimoestrolum
6. Dietilstilbestrol - Diaethylstilboestrolum
Esradiol benzoat – oq kristal kukun. Spirtda va moyda eriydi. B ro’yxatga kiritilgan. 1 ml /g da 10000 TB saqlaydi. Amaliyotda 0,1% li eritmasi qo‘llaniladi.
Esradiol benzoat hayvonlarni kuyga keltirish tuxumdonlar gipo funksiyasida, sigirlarni endometritlarida, yuldoshni ajratishda, sut bezlarni funksiyasini oshirishda qo‘llaniladi.
Dozasi:Muskul orasiga ot va qoramollarga 4-8 ml, cho‘chqalarga 0,3-1 ml yuboriladi.
Gestagen preparatlari: Gestogen yoki progestagenlar deb shunday dori moddalarga aytiladikim, uning o‘xshashaligi sariq tana yoki uyaga yaqin turadi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan ular tuyilmagan tetrotsiklin deketon hisoblanadi.
Organizmga gestogen preparatlarni yuborilganda bug‘ozlikni quvvatlantiradi, bachadonda tuxumning etilishi kuchaytiradi, yangi tuxumlarni formaga keltiradi, bachadonning oksitoksinga sezuvchanligini pasaytiradi, so‘ngroqqa plansenitaning paydo bo‘lishini chiqaradi va mayda tozning biriktirish uskunaini susaytiradi.