Polivitaminlar.
1. Baliq moyi. – Quyuq, och sariq o‘ziga xos hidli suyuqlik bo‘lib, baliq va boshqa dengiz hayvonlari jigaridan olinadi. Tarkibida vitamin A, D2 , xolesterin yod va fosfor saqlaydi. 1 gr baliq moyida vit A-350 XB D2-30 XB saqlaydi.
Vitamin A, D etishmovchiligida, teri kasalliklarida qo‘llaniladi og‘iz orqali va tashqi tomonga.
Dozasi: Og‘iz orqali.Otga 40,0-200,0, qoramolga 100,0-500,0, qo‘ylarga 20,0-100,0, cho‘chqaga 4,0-70,0 , itga 20,0-30,0, tovuqga 2,0-5,0 beriladi.
2.Trivit: Tarkibi. 1 ml da vitamin A 30000 XB, D3 – 40000XB, E – 20mg. 100ml flakonda bir yil muddat bilan chiqariladi.
Trivit komleks preparat polivitamin. qoramol qo‘y, echki, cho‘chqa va parrandalarni quyidagi kasalliklarida qo‘llash tavsiya etiladi:
- qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar vitaminlar etishmovchiligini davolash va oldini olishda.
- hayvonlarni stress holatlarini oldini olishda.
- hayvonlarni mahsuldorligini oshirishda va ozuqani hazm qilishni yaxshilashda.
Dozasi. Muskul orasiga yoki teri ostiga.
Qoramol, ot 8,0 – 12 ml
Buzoq, qo’zi, toy 3 -8 ml
Cho’chqa 2 – 10 ml
3.Tetravit: Tarkibi. 1ml da A-50000 XB, D2 – 25000, E – 20 ml, R – 5 mg saqlaydi. 100 ml flakonda 1 yil muddat bilan chiqariladi.
Tetravit komleks preparat, vitaminlardan tashkil topgan preparat bo‘lib, qoramol qo‘y, echki, cho‘chqa va parrandalarni quyidagi kasalliklarida qo‘llash tavsiya etiladi:
- qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar vitaminlar etishmovchiligini davolash va oldini olishda.
- hayvonlarni stress holatlarini oldini olishda.
- hayvonlarni mahsuldorligini oshirishda va ozuqani hazm qilishni yaxshilashda.
Dozasi. Muskul orasiga yoki teri ostiga.
Qoramol, ot 10 – 15 ml
Buzoq, qo’zi, toy 3 -6 ml
Cho’chqa 2 – 8 ml
4.Multivit.Tarkibi:
Vitamun A- 50000 XB, D3-25000 XB, E-4 mg B1-10 mg,B2-0,04 mg, B3-4 mg, B4-5 mg,B5-5 mg, B6-1 mg,B12-0,01 mg; inozitol-2 mg, magniy sulfat-0,1 mg, mis sulfat- 0,1 mg, rux sulfat- 0,1 mg, kobolt- 0,02 mg, metionin- 5 mg;
Multivit komleks preparat, vitaminlar va mikroelemintlardan tashkil topgan preparat bo‘lib, qoramol qo‘y, echki, cho‘chqa va parrandalarni quyidagi kasalliklarida qo‘llash tavsiya etiladi:
- qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar vitaminlar va mikroelementlar etishmovchiligini davolash va oldini olishda.
- hayvonlarni stress holatlarini oldini olishda.
- hayvonlarni mahsuldorligini oshirishda va ozuqani hazm qilishni yaxshilashda.
Dostları ilə paylaş: |