Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Ruminator moddalar (katta qorinni qo‘zg‘atuvchi moddalar)



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə55/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Ruminator moddalar (katta qorinni qo‘zg‘atuvchi moddalar).
Ruminator moddalar – oshqozon bo‘limlari, ayniqsa, katta qorinni retseptorlarini qitiqlab, reflektor ravishda ularni qisqarishini tiklovchi moddalarga aytiladi.
Ruminator moddalarga quyidagilar kiradi:
1. Chemeritsa ildiz – Rhizoma Veratri
2. Chemeritsa nastoykasi – Tinctura Veratri
3. Ipekakuana ildizi – Radix Ipecacuanhae
4. Veratrin – Veratrinum
Chemeritsa ildizi. Bu o‘simlik Rossiyani o‘rta o‘rmon viloyatlarida o‘sadi. (B – ro’yxat). O‘simlik ildizida asosiy ta’sir etuvchi moddalar - alkaloidlar (1,5%) saqlaydi: protaveratrin, nervin alkaloidlari. Ushbu alkaloidlar oshqozon shilliq pardasidagi nerv oxirlarini qitiqlab, hayvonlarda ruminator yoki qusish refleksini hosil qiladi. Bu dori o‘txo‘r hayvonlarda og‘iz orqali qo‘llaganda ruminatsiyani kuchaytiradi, kavsh qaytarishni tiklaydi. Boshqa hayvonlarda esa qusishni chaqiradi. Chemeritsa it va cho‘chqalarga zaharlanishlarda qustirish maqsadida qo‘llanilsa, kavshovchi hayvonlarga ruminator dori sifatida kavsh qaytarishni kuchaytirish, katta qorin ozuqaga to‘lib qolganda, atoniyada, surunkali timpaniyada keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, hayvonlarni ektoparazitlarga qarshi tashqi tomonga qo‘llaniladi. Amaliyotda chemeritsa ildizi nastoyka shaklida qo‘llaniladi.
Dozalari. (og‘iz orqali). Qoramollarga 5-10 ml, qo‘y-echkilarga 1- 4 ml, cho‘chqalarga 1-2 ml, itlarga 0,1-0,2 ml.
2. Ipekakuana ildizi. Tropik o‘simlik ildizi bo‘lib, tarkibida emetin, sefaelin kabi alkaloidlar saqlaydi. Ipekakuana ildizi oshqozonga tushgach, oshqozon shilliq pardalaridagi nerv oxirlarini qitiqlab, ruminator ta’sir etadi. Kavshovchi hayvonlar uchun eng yaxshi ruminatsiyani tiklovchi dori hisoblanadi. Katta dozalarda esa qustiruvchi ta’sir etadi kavshovchi hayvonlar uchun ipekakuana yaxshi ruminator vosita sifatida katta qorin ozuqaga to‘lib qolganda, katta qorin atoniyasida qo‘llaniladi.
Dozalar. qoramol 2-10,0, otlar 0,5-3,0, qo‘y-echki 0,2-3,0.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin