III.Padofillin tipidagi surgi moddalar. 1. Podofillin – phodophyllinum. Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan olinadi. Sariq rangli kukun, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga keladi, ya’ni oshqozondan boshlab, to yo‘g‘on ichaklargacha. Biroq yo‘g‘on ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli namoyon bo‘ladi. Sababi, podofillin yo‘g‘on ichaklarda ko‘proq to‘planadi. Surgi ta’siri 16 soatdan keyin boshlanadi.
Qo‘llanilishi.Podofillin surunkali ich qotishlarda, ya’ni ingichka va yo‘g‘on ichaklar funksiyasi buzilganda ham o‘t ajralishini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Dozalari;(og‘iz orqali), Qoramollarga - 5-15,0 , mayda shoxli hayvonlar - 1,0-3,0, otlarga – 20,0-35,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.
2. Fenol-ftalein.Oq rangli kukun, hidsiz va ta’msiz, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Meditsinada purgshen nomi bilan tabletka holida ishlab chiqiladi. Oshqozonga ta’siri yo‘q, lekin ichaklarda ishqor va o‘t suyuqligi ta’sirida erib, qitiqlovchi ta’sir etadi. Bu dorini ichaklardan so‘rilishi qiyin, shuning uchun ichaklarda to‘planib surgi ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘g‘on ichaklarda ta’siri, ingichka ichaklarga nisbatan 5-10 barobar kuchli va ta’siri 3-5 kun cho‘zilishi mumkin. Fenolftalein faqat it va mushuklarga surgi dori sifatida qo‘llaniladi, o‘txo‘r hayvonlarda ta’siri kuchsiz.
Dozalari;(og‘iz orqali) itlarga - 0,05-0,1, mushuklarga – 0,01-0,02.
3. Izofenin. Oq kukun, sirka kislota hidiga o‘xshash, suvda va spirtda erimaydi. Ta’siri fenolftolenga o‘xshash, og‘iz orqali qo‘llanilganda oshqozonda o‘zgarmaydi, lekin ichaklarda shilliq pardalarni qitiqlab surgi ta’sirini namoyon qiladi. Ot va itlarga pillyula va bo‘tqa shaklida beriladi.
Dozalari;(og‘iz orqali) otlarga – 0,15-0,2, itlarga - 0,005-0,012.
IV.Tuz surgi dorilari. Tuz surgi dorilari veterinariya amaliyotida surgi dori sifatida eng ko‘p qo‘llaniladigan samarali vositalardan hisoblanadi, chunki bu dorilar hamma hayvonlarga va ichaklarning hamma bo‘limlariga bir xilda ta’sir qiladigan zararsiz vositalar hisoblanadi.