Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Tuz surgi dorilariga qo‘yidagilar kiradi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə54/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Tuz surgi dorilariga qo‘yidagilar kiradi:

  1. Natriy sulfat (glouber tuzi)

  2. Magniy sulfat (achchik tuz) – Magnesii sulfas.

  3. Kaliy sulfat - Kalii sulfas

  4. Sun’iy karlovar tuzi – Sal. Carolinum factitum

1. Natriy sulfat (glouber tuzi). Oq kristall kukun, hidsiz, sho‘r ta’mli, suvda eriydi. Natriy sulfat kichik dozalarda oshqozon va ichaklar sekretsiyasi, motorikasini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Natriy sulfat katta dozalarda surgi ta’sirini namoyon qiladi. Natriy sulfat juda aktiv va kam zaharli surgi dorilardan biri hisoblanadi. Ichaklarga eritma holida kirgach, u ichaklarda suvni to‘playdi. Suv ichaklar katta miqdorda to‘planib, ichaklar devorini qisadi, natijada reflektor ravishda peristaltikani kuchaytiradi. Bu holat ichaklardan tuzlar to‘liq chiqib ketguncha davom etadi. Natriy sulfat 4% li konsentratsiya surgi ta’sirini namoyon qiladi, konsentratsiya kuchaygan sari surgi ta’siri kuchaya boradi. Natriy sulfat 8-10 % konsentratsiyalarda surgi ta’siri o‘txo‘r hayvonlarda 3-4 soatda, go‘shtxo‘r hayvonlarda 1-2 soatdan keyin boshlanadi.
Qo‘llanilishi. Natriy sulfat surgi dori sifatida, ichaklar spazmida, ko‘p ovqat eb qo‘yganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Dozalari; katta hayvon 300 – 600,0, otlarga 300,0-500,0, qoramollarga 400-800,0, qo‘y -50-100,0, cho‘chqalarga 25-50,0, itlarga 10,0-25,0
2. Magniy sulfat (achchiq tuz) – oq kristall kukun, suvda yaxshi eriydi, sho‘r ta’mli. Og‘iz orqali qo‘llanilganda ta’siri mexanizmi, qo‘llanilishi, dozalari, xuddi natriy sulfat singari bir xil.
3. Sun’iy karlovar tuzi – oq kukun holda, suvda eriydi, sho‘r ta’mli, tarkibi natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid va kaliy sulfatdan tashkil topgan tuz. Hayvonlarga ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida o‘t haydovchi va surgi dori sifatida foydalaniladi.
Dozasi. (og‘iz orqali); Otlarga 20,0-100,0, qoramolga 50,0-150,0, qo‘yga 5,0-50,0, itlarga 1,0-2,0.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin