Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə56/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Dozasi
O‘t haydovchi moddalar.
O‘t haydovchi moddalar debo‘n ikki barmoqli ichakga o‘t suyuqligini ajaralib chiqishini kuchaytiradigan moddalarga aytiladi. O‘t suyuqligi jigarda hosil bo‘ladi va u markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv sistemasini va parasimpatik nerv sistemasi qo‘zg‘atuvchi moddalar o‘t suyuqligi ajralishini kuchaytirsa, markaziy nerv sistemasi susaytiruvchi moddalar va simpatik nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi moddalar o‘t suyuqligi ajralishini kamaytiradi.
Farmakologiyada o‘t haydovchi dorilar uch guruhga bo‘linadi
1. O‘t hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi moddalar: efir moylari, degidroxolin kislota, dexolin, xolenzim, xolosas, alloxol, makka po‘pagi.
2. Yallig‘lanishga qarshi ta’sir etib, o‘t suyuqligini chiqishini yaxshilovchi moddalar: kalsiy birikmalari, vitamin K, V12, nikotin kislotasi.
3. O‘t pufagi va yo‘llari tonusini tiklab ichaklarga o‘t suyuqligini chiqishini yaxshilovchi moddlar: magniy sulfat, papaverin, atropin, gistamin, penton.
O‘t haydovchi moddalar jigar kasalliklarida, o‘t yo‘li va o‘t pufagi yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi.
1. Degidroxolin kislota. Oq kukun, hidsiz, achchiq ta’mli, spirtda eriydi. Ta’siri o‘t ajralishini kuchaytiradi va siydik ajralishini yaxshilaydi. Hayvonlarga og‘iz orqali va vena tomiriga jigar funksiyasi buzilganda, yurak etishmovchiliklarida shishlar paydo bo‘lganda qo‘llaniladi.
Dozasi.(og‘iz orqali). Ot va qoramollarga 3,0-6,0, cho‘chqalarga 1,0-3,0, itlarga 04,0 – 2,0.
2. Alloxol. Tarkibida o‘t, aktiv ko‘mir, sarimsoq piyoz ekstrakti saqlaydi. U oshqozon, ichaklar motorikasi va sekretsiyasini aktivlashtirib, achish, chirish holatlarini pasaytiradi. O‘tkir va surunkali jigar va o‘t yo‘li kasalliklarida, timpaniya, atoniyada qo‘llaniladi.
Dozasi. (og‘iz orqali). Buzoqlarga 09,0-6,0, itlarga 05,-1,0, mushuklarga 0,25-5,0
3. Xolenzim. O‘t suyuqligi va oshqozon osti bezi fermentlari aralashmasi. Gepatit, xolitsistit, gastrit va enteritlarda qo‘llaniladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin