Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Doza. venaga ot 5-10 ml, it-1-2 ml. 2.Lobelin



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə32/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Doza. venaga ot 5-10 ml, it-1-2 ml.
2.Lobelin –oq kukun, achchiq ta’mli amaliyotda 1% suvli eritmasi qo‘llaniladi. Lobelin nafas markaziga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini ko‘taradi. U og‘ir yuqumli kasalliklarda, nafas olish susayganda, asfiksiyada, narkotiklar bilan zaharlanishlarda venaga yuboriladi.
Dozasi: ot, qoramol -0.003-0.1, itlar-0.003-0.005
Har xil qo‘zg‘atuvchilar
Bu moddalar har xil o‘simlik va hayvonot dunyosida olinadi. Kerakli natija olish uchun bu moddalar uzoq muddat qo‘llaniladi, lekin organizmda tobelik chaqirmaydi.
1.Jenshen-o‘simlik nomi Xitoy tilida jen-odam, shen-ildiz, ya’ni insonga o‘xshash ildiz. Bu ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiyaning uzoq sharq viloyatlarida o‘sadi. Uning ildizi farmakologik ahamiyatga ega. Ildizida bir necha ta’sir etuvchi moddalar: efir moylari, pektin, glikozidlar, panatsen, panaksin, ginzenin va radiy elementi saqlaydi. Bu moddalar M.N.S ga stimullovchi xususiyatga ega.
Spirtli nastoyka holida qo‘llanilsa susaygan nerv sistemasi va muskullar faoliyatini tiklaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, organizmni tetiklashtiradi, ishtahani ochadi.
Jenshen umumiy kuchsizlanishlarda, jigar, buyrak, yurak-tomir buzilishlarda qo‘llanadi.
2.Limonnik mevalari - Koreya, Mongoliya, Uzoq Sharqda o‘sadi. Mevalari
farmakologik ahamiyatga ega. Mevasida organik kislotalar, efir moylari, temir tuzlari, marganets, kremniy, fosfor va kalsiy saqlaydi.
M.N.S ni qo‘zg‘atadi, qon aylanishini aktivlashtiradi, modda almashinuvchini tezlashtiradi, qonda qand miqdorini oshiradi, organizmni tetiklashtiradi. Stimullovchi modda sifatida umumiy kuchsizlanishlarda qo‘llaniladi.


7-Mavzu: Efferent nerv oxirlariga ta’sir qiladigan dori moddalari.

Reja:
1. Xolinergik moddalar.
2. Xolinoreaktiv strukturalarga (M- va N-xolinoreseptorlarga) ta’sir qiluvchi moddalar.
3. Antixolinosteraz moddalar. M-xolinolitik.

4. Adrenomimetik moddalar.
5. Adrenolitik moddalar.
6. Gangliyalarni stimullovchi moddalar.
7. Mioreleksant moddalar.
8. Gistaminga qarshi moddalar.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin