Xususiy farmakologiya 5-Mavzu: Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi moddalar. Narkoz chaqiruvchi va uxlatuvchi moddalar Reja: 1. Markaziy nerv tizimini ta’sir etuvchi moddalarga qisqacha tarif.
2. Narkoz chaqiruvchi moddalar.
Tayanch tushunchalar: Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan vositalar, susaytiruvchilar, narkoz uchun ishlatiladigan vositalar, grekcha narke, narkosis– behushlik, karaxtlik, Narkoz davrida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar, Narkoz turlari. Noingalyasion narkotiklar.
Asosiy adabiyotlar: 1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan vositalar. Ma’lumki, nerv tizimi odam va hayvon organizmida asosiy tizimlardan biri hisoblanadi. Zero u butun organ va tizimlar faoliyatini boshqaradi va nazorat qilib turadi.
Nerv tizimi uchta qismdan iborat;
1. Markaziy nerv tizimi
2. Vegetativ nerv tizimi- efferent
3. Sezuvchan nervlar-afferent
Barcha dori moddalari kelib chiqishi, kimiyoviy va fizikaviy xossalari, qo‘llash usuliga qaramasdan ozmi-ko‘pmi markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar markaziy nerv sistemasiga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki egri yo‘llar bilan amalga oshadi.
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etuvchi moddalar ta’sir mexanizmiga qarab 2 guruhga bo‘linadi.