2. Potensiallash Dorilar birga qo‘llanilganda natija kutilgandan yuqori bo‘lishi mumkin. M: aminazin bilan narkoz chaqiruvchi moddalarni birga qo‘llaganda.
3. Antidotizm – dori moddalari bilan zaharlanganda zaharlanishga qarshi qo‘llaniladigan kimiyoviy moddalarni qo‘llash.
4. Antagonizm – dorilarni qarama-qarshi ta’siri bo‘lib, bir dori ikkinchisini ta’sirini yo‘q qiladi. Antogonizm ikki xil bo‘lishi mumkin. a) Ikki tomonlama antogonizm – bunda ikki modda ham bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Masalan: xloral gidrat va strixnin ta’siri. Har ikkalasi ham bir birini ta’sirini susaytiradi. b) Bir tomonlama antogonizm – bunda qarama qarshi ta’sirga ega dorilardan bittasi kuchli ta’sirga ega bo‘ladi. Masalan: Arekolin va atropinni qarama qarshi ta’siri. Arekolinni ta’sirini atropin susaytiradi. Lekin atropin ta’sirini arekolin susaytira olmaydi.
Dorilarni takror qo‘llaganda ta’sir xususiyatlari. Dori moddalari takror-takror yuborilsa, ularni ta’siri zo‘rayishi yoki susayishi mumkin.
1. Uzoq muddat mobaynida takror yuborilgan dori moddalarini shifobaxsh ta’siri susayishi – organizmni unga moslashib qolishi yoki tolerantlik deyiladi. Masalan: antibiotiklarga mikroblarni o‘rganib qolishi yoki ayrim uyqu va surgi dorilarga o‘rganib qolishi yoki cho‘chqalalar uzoq vaqt tetratsiklin berilib, keyin to‘xtatilsa ular kasallangan.
2. Ba’zi holatlarda dori moddalari takror yuborilganda hayvonlarni reaksiyasi doriga nisbatan susayishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Bunga taxifilaksiya deyiladi. Masalan: qon bosimi tushganda, efedrin yuborilsa, qon bosimi ko‘tariladi, 5-10 min. Keyin yuborilsa, uni ta’siri birinchisiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
3. Idiosinkraziya – organizmni ba’zi dori moddalariga sezuvchanlikni oshishi. Bu holat dori moddalariga moslashishiga qarshi holat.
4. Sensibilizatsiya – organizmga dorilar qayta-qayta yuborilganda organizmni sezuvchanligini oshib ketishi. Idiosinkraziya birinchi yuborilganda paydo bo‘ladi.
5. Kumulyasiya – dori moddalarni takror-takror yuborilganda organizmda to‘planib qolishi.
Material kumulyasiya – dori qayta yuborilganda organizmda sekin parchalanadi va sekin chiqishidan hosil bo‘ladi.
Funksional kumulyasiya – dori qayta yuborilganda organizmdan tez chiqib, lekin ta’siri uzoq qoldirishidan hosil bo‘ladi.