Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


-mavzu. Dori moddalarning organizmdagi biotransformasiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə11/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

3-mavzu. Dori moddalarning organizmdagi biotransformasiyasi.
Reja:

  1. Dori moddalarning organizmdagi biotransformasiyasi.

  2. Bir nechta dori bir vaqtning o‘zida qo‘llanilganda ularning ta’siridagi farqlar va ularning ahamiyati.

Tayanch tushunchalar:
Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi, dorilarni organizmdan chiqish yo‘llari. Buyrak orqali, oshqozon-ichak yo‘li. Nafas organlari orqali, teri va ter bezlari, orqali, sut bezlari orqali, sinergizm, potensiallash, antidotizm, antagonizm


Asosiy adabiyotlar:

1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.


2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,


Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi.
Dori moddalari organizmga yuborilgandan so’ng turli xil ta’sirotlarga uchraydi: dorilar molekulalari yuborilgan joyida, qonga so‘rilganda, organizmga taqsimlanganda, organizmdan chiqayotganda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Dorilar qonga tushgach qon oqsillari bilan bog‘lanadi va qon zardobida erigan holatda bo‘ladi, aynan shu holatda dorilar organizm to‘qima va hujayralariga o‘tadi.
Ko‘pchilik preparatlar hujayra va to‘qimalarda tekis taqsimlanadi, boshqalari esa o‘z yo‘lida barerlarga uchraydi. Har bir hujayra har bir dori uchun o‘ziga xos barerga (membrana) ega bo‘ladi. Bunday barerlar orqa miya kanaliga o‘tishda, platssentadan homilaga o‘tish, tomirlar kapillyarlariga o‘tishda. To‘qimalarda dorilarni o‘tishi va to‘planishi moddalarni to‘qimalar suyuqligida eruvchanligiga, to‘qimalar kimiyoviy tuzilishi o‘xshashligiga, organlarda qon to‘planishi tezligiga bog‘liq. Bunda adsorbsiya, diffuziya, osmos kapillyar kondensatsiya va boshqa holatlar muhim rol o‘ynaydi.
Organizmda dori moddalari murakkab biotransformatsiya-o‘zgarishga uchraydi, jumladan, ular parchalanadi, neytrallanadi, yangi birikmalarga aylanadi, ba’zilari organizmdan o‘zgarishsiz chiqadi.
Organizmda dorilar turli yo‘llar bilan biotransformatsiyaga uchraydi:
-Oksidlanish (alkogol, alkoloidlar)
-Gidroliz (glikozidlar parchalanishi)
-Atsetillanish (sulfanamidlar parchalanishi)
-Demetillanish
-Kondensatsiya

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin