Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə8/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

5.Parenteral yo‘l. Bu yo‘l dorilar organizmga tushishini tezlashtiradi. Buning uchun sterillangan eritmalar kuydiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ega emas dorilar qo‘llaniladi. Dorilar turli shirin va ignalar yordamida aseptika qoidalari asosida ine’ksiya qilinadi.
a) Teri ostiga yuborish. Bu yo‘l orqali suvli, spirtli va moyli eritmalar mayda hayvonlarga 0,1-2 ml, katta hayvonlarga 2-20 ml miqdorda yuboriladi. Dorilar teri ostiga qoramollarga bo‘yin yuzasiga, qo’ylarga-son oblasti ichki qismiga, it va mushuklarga – en qism yoki ichki son sohasiga, cho’chqalarga-quloqga yoki son ichki qismiga yuboriladi. Dori ta’siri 2-15 daqiqadan keyin boshlanadi.
b) Muskul ichiga. Bu yo‘l bilan ham dorilarni suyuq shaklidagilar muskul ichiga yuboriladi. Bu yo‘l bilan yuborilganda teri ostidagiga qaraganda ta’sir tez bo‘ladi.
v) Vena ichiga. Bu yo‘l bilan dorilar maxsus shpritslar yordamida (jane), vositasiz to‘g‘ri qonga ta’sir ko‘rsatish uchun yuboriladi.
Ot va tuyalarga dorilar buyintiriq venasiga, qoramol, qo’y – echkilarga buyinturiq venasiga, cho’chqa quloq venasiga, itlar elka yoki tirsak venasiga asosan suvli eritmalari yuboriladi.
g) Arteriya ichiga. Bu yo‘l juda kam qo‘llaniladi, ko‘pincha bosh va oyoq kasalliklarida kimyoterapevtik vositalar yuboriladi.
6. Ingalyasiya yo‘l bilan. Bu nafas organlari orqali dorilarni yuborish. Bu yo‘l bilan gaz, par va azrozol holatdagi dorilar yuboriladi va mahalliy, rezorbtiv, reflektor ta’sir qiladi. Dorilar o‘pkaga tushgach yaxshi va tez so‘riladi.
Ingalyasiya yo‘li nafas organlarini o‘tkir va surunkali kasalliklarida, narkoz chaqirish maqsadida, yuqumli kasalliklarni davolashda kimyoterapevtik dorilar individial va guruh holda qo‘llaniladi.
Dori moddalarining dozalari
Dorivor moddalarning hayvonlarga bir marta beriladigan miqdori doza deb ataladi. Dozaga qarab dorivor moddalar har xil ta’sir etadi, ishlab chiqarishdagi vrachlar dorivor moddalarning profilaktik va davolash dozalarini yaxshi bilish bilan bir qatorda, unga dorivor moddalarning organizmni zaharlash va o‘ldirish dozalarini ham bilish kerak.
Ayniqsa bu dozalarni yaxshi bilish kerak, zaharli dorilar qo‘llanilganda, har xil dori moddalarning dozalari har xil bo‘ladi. Agar o‘lchov birligi qilib davolash dozasini olganimizda, ularning zaharlash va o‘ldirish dozasini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:




Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin