Har xil guruh preparatlari. Dietiltoluolamid – tiniq maysimon suyuqlik, xushbo‘y hidli, spirtda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Reppelent va insektitsid xossaga ega, ikki qanotli qon so‘ruvchi hashoratlarga nisbatan kuchli ta’sir qiladi. Qoramollarni pashshalardan 2-3 kun davomida saqlaydi. Preparat bilan ishlashda qonun qoidalarga rioya qilish kerak. Qoramollarga sepish uchun 3% li suvdagi emulsiyadan foydalaniladi.
Yuglon: Uglonum – sarg‘ish rangli kukun. Glitserin va spirtda yaxshi eriydi. «B» guruhida saqlanadi. Temiratki kasalligida 1-1,5% li maz shaklida qo‘llaniladi.
ROSK – Rosk – polimer preparat. Maysimon, sariq rangli yopishqoq suyuqlik. Suvda erimaydi. Baliq moyida, izobutil va butil spirtida yaxshi eriydi. Temiratki kasalligida qo‘llaniladi (striguniy mikay).
TAP – 85 (qattiq akaritsid preparat) – toshko‘mir moyidan olinadi, tarkibida 3% gacha geksaxloran saqlaydi. Briket holida chiqariladi. Krezol hidiga o‘xshaydi, suvda yaxshi erib emulsiya hosil qiladi. 0,5:1 va 2 kg lik briket shaklida chiqariladi. Kontakt yo‘l bilan ta’sir qiluvchi insektoakoratsid hisoblanadi.
Qoramollar qon kasalliklari oldini olish uchun tashqi tomondan 1% li eritmasidan foydalaniladi.
Geksamid – B – Hexamidum. Kuchsiz xushbo‘y hidli rangsiz yoki oqish sariq rangli suyuqlik. Ko‘p saqlanganda kristallana boshlaydi. Suvda erimaydi, spirtda, efirda, xloroformda yaxshi eriydi. Quyosh nurlari ta’sirida buzilmaydi. Qon so‘ruvchi hashoratlarga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. 3% li suvdagi suspenziya shaklida qo‘llaniladi. Hashoratlardan 2-3 kun davomida himoya qiladi.
Piretrinlar kuchsiz insektitsid moddalar. Ularni pashsha, chivin, tarakan, bit va kloplarga qarshi ishlatiladi.
Anabazin-sul’fat – Anabasini sulfat. Alkoloid, tuzilishi jihatidan nikotinga o‘xshaydi. Malla rangli quyuq suyuqlik suvda va organiq erituvchilarda yaxshi eriydi. Mollar bitlaganda 0,2-0,3% li eritma shaklida qo‘llaniladi.
O‘simliklardan olinadigan insektitsid va akaritsidlar.
Kavkaz ramashkasi – ko‘p yillik o‘simlik, murakkab guldoshlar oilasiga kiradi. 2 turi mavjud: pushti romashka – Piretrum roseum va qizil romashka Piretrum Sarneum M.B.
Davolash maqsadida gulidan foydalaniladi. Kukun, ekstrakt tayyorlab ishlatiladi.
Dalmat romashkasi – Piretrum cinerariaefolium. Murakkab guldoshlar oilasiga kiruvchi ko‘p yillik o‘simlik. Ukraina, Shimoliy Kavkaz va Qrimda o‘sadi. Ta’sir qiluvchi moddasi – murakkab efirlar. O‘simlik poyasi, gullari va barglari gullash davrida terib olinib, quritilib, maydalanib kukun holiga keltiriladi va dust ekstrakt va boshqa dorivor shakllar tayyorlanib hayvonlarning ektoparazitlariga qarshi kurashishda qo‘llaniladi.
Deratizatsiyalovchi moddalar. Sichqon va kalamushlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar. Bu moddalar toza holda qo‘llanilmaydi, balkim kemiruvchilar ozuqlariga: Bug‘doy, arpa, makkajo’xori va boshqalar.
Ta’siri: Kemiruvchilar qon ivishini sekinlashtiradi qon tomirlar butinligini buzadi. Natijada qon ketish boshlanadi va kemiruvchilar o‘ladi. Preparatlari: zookumarin, krisid, monoftorin, baktokumarin, rux fosfid, larinat.