Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
veterinariya jarrohligi

Pereostit yallig‘lanish – suyak usti pardasining yallig‘lanishi. 
Pereostitning quyidagi turlari farqlanadi: 
a) etiologik belgilari bo‘yicha-travmatik va toksik yallig‘lanish; 
b) klinik kechishi bo‘yicha–o‘tkir va surunkali; 
d) patalogoanatomik o‘zgarishlari bo‘yicha–serroz, fibrinoz 
yiringli; 
e) tarqalishi bo‘yicha – chegaralangan, diffuz va ko‘paygan. 
Amaliy mashg‘ulot. 
Shinalar qo‘yish. Avval paxta, bint va shinalar (faner, yog‘och, 
reyka, tunuka, sim to‘r va boshqa narsalardan qilinishi mumkin) 
tayyorlab qo‘yiladi. Shinalar uzun, ya’ni ular suyak singan joydan 
yuqoridagi va pastdagi bo‘g‘imlarni qo‘shib bog‘lab qo‘yadigan 
uzunlikda bo‘lishi lozim. Singan joyning baland-past joylariga tekis 
qilib paxta qo‘yiladi, ustiga bint qo‘yib bog‘lanadi, uning ustidan 
esa shina qo‘yib, arqon yoki sim bilan bog‘lanadi. Shundan keyin 
transportda veterinariya shifoxonasiga yuboriladi. 
Gips qo‘yish. Gips bu 100–140 darajada qizdirilgan ohakdir. 
Qizdirilgandan keyin u kukunga aylanadi, suv bilan aralashtirilsa 


69 
bo‘tqasimon massa hosil bo‘lib, tez qotib qolish xususiyatga ega. 
Gipsli bog‘lamlar ko‘pincha oyoq, qo‘llar singanda qo‘llanadi. 
Gipsli bog‘lam shikastlangan joyni qimirlatmasdan turib harakat-
lanishga imkon beradi,ammo shikastlangan joy qimirlab tursa
uning sog‘ayishi uzoq cho‘zilib ketadi. 
Bunday bog‘lamlarni qo‘llash muddati ham har xil bo‘ladi. U bir 
necha haftadan 1,5–2 oygacha va bundan ham oshiq olinmasligi 
mumkin. Gipsli bog‘lamlarning quyidagi turlari mavjud: 
a) olinadigan; 
b) ko‘priksimon (uzun-uzun); 
d) derazasimon; 
e) langet-sirkulyarli. 
Sirkulyar bog‘lam. Gipsli bint suv quyilgan tosga solinadi
bunda suv sathining balandligi bint qalinligidan ikki hissa oshiq 
bo‘lishi kerak. Bintni suvga sekin solinsa asta-sekin suvni o‘ziga 
singdirib oladi. Bintdan havo pufakchalari chiqmasa u yaxshi 
bo‘kkan hisoblanadi, keyin tosdan olib siqiladi. Bintni qattiq siqish 
mumkin emas. Bintni siqqanda namlangan gips chiqib ketmasligi 
uchun bintlarning har ikkala uchi mahkam qilib tutiladi va bir 
boshdan o‘rtaga qaratib siqiladi. Bint mahkam va noto‘g‘ri siqilsa, 
gips oqib tushadi yoki parcha-parcha bo‘lib qotib qoladi va tekis 
yotmaydi. Gipsli bog‘lam odatda 5–10–15 daqiqa ichida qotadi. Bu 
muddat o‘tguncha tananing shikastlangan qismi qanday holatda 
bog‘langan bo‘lsa,shu holatda turishi kerak. 
Derazasimon bog‘lam. Bu bog‘lam bilan oyoqlarni bog‘lash 
mumkin. Yaraning katta kichikligiga qarab bog‘lamni yechmasdan 
uning bir qismi kesiladi. Yarani bog‘laganda yiring va boshqa 
ajralmalar bog‘lam tagiga oqib kirmasligiga e’tibor berish lozim, 
buning uchun «deraza» atrofiga paxta, yaxshisi spirt yoki kolloid 
eritmasidagi ishqorga ho‘llangan paxta qo‘yish qulay. 
Shinali gipsli bog‘lamlar. Yara qimirlamaydigan qilib bog‘la-
nadi, ko‘pincha Obuxov shinalari ishlatiladi. Shinalar ho‘l gipsli 
bint bilan o‘rab bog‘lanadi. Bu oyoq, elka bo‘g‘imlarini ham yaxshi 
immobilizatsiya qiladi. 


70 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin