67
Klinik belgilari: Qoramollarda artroz rivojlanishida 3 bosqich
aniqlangan:
1. Boshlang‘ich bosqichida artrozning klinik belgilari ko‘rin-
maydi, lekin hayvonlar ko‘proq yotadi, zo‘rg‘a turadi, harakatlari
chegaralangan bo‘ladi.
2. Ikkinchi bosqichida hayvonlarda oqsoqlanish belgilari ko‘ri-
nadi. Bo‘g‘inlar qisirlaydi, hayvonlar tez charchaydi. Tinch holatda
ikkala oyoqlarini tirab turolmaydi.
3. Uchinchi bosqichi bo‘g‘inlar deformatsiyasi bilan tavsifla-
nadi. Yurishda aniq oqsoqlanish ko‘rinadi; osteodistrofiya belgilari
namoyon bo‘ladi.
Davolash: Birinchi navbatda kasallikning sabablarini o‘rganish
lozim. Agar kasallikning sababi modda almashinuvi jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lsa, ozuqa ratsioniga turli mikroelementlarni qo‘shish
zarur. Lekin mikroelementlar miqdori me’yordan oshmasligi kerak
(ayniqsa, vitaminlar va uglevodlar). Zararlangan bo‘g‘imlarga
parafin applikatsiyalari, ronidazoy bilan kompresslar qilinadi.
Dostları ilə paylaş: