3
Padari buzrukvorim, veterinariya fanlari doktori
Vohidov Salim Nasirovichning yorqin
xotirasiga bag‘ishlayman.
Kirish
Jarrohlik – xirurgiya, qadim zamonlarda oddiy hunar bo‘lib,
hozirda
anatomiya, fiziologiya,
bioximiya va boshqa fanlar
erishgan yutuqlarga asoslangan mustaqil fan hisoblanadi.
Har bir o‘tkaziladigan xirurgik operatsiyalar to‘qimalar butun-
ligining buzilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu operatsi-
yalar ayrim organlarni atrof to‘qimalardan ajratib olish, uning bir
qismini yoki zarar ko‘rgan hamma qismini olib tashlab, keyinchalik
undagi anatomik tuzilishni va ularning fiziologik funksiyasini qayta
tiklashdan iborat. Bu ishning to‘g‘ri bajarilishi ko‘pincha
jarroh-
ning bilimiga, shu sohadagi ish tajribasiga bog‘liq.
Operatsiya o‘tkazishda topografik anatomiyaga amal qilish
muhim hisoblanadi.
Respublikamizda ta’lim sohasida
amalga oshirilayotgan tub
islohotlar, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim tizimidagi o‘quv
muassasalari, pedagoglar va talabalar oldiga bu sohada muhim
vazifalar qo‘yadi. Shu sababli ta’lim-tarbiya
berishda, mashg‘u-
lotlarni tashkillashtirishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyat-
lariga qarab yondashishni kuchaytirish,
bilim va malaka oshirish
shakli va usulini egallash uchun qat’iy burilish yasash zarurligi
hozirgi kun talabi hisoblanadi. O‘qish
jarayonida yangi vosita
choralarini joriy qilish va zamon talablariga javob beradigan darslik
va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: