5. Valuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish
Korxona va firmalar xorijiy valutalardagi pul mablag‘larining to‘liq kirimga olinishini aniqlash va valuta muomalalarining hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish muhim masala hisoblanadi.
Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida mahsulot (ish, xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo‘-yicha to‘lovlarni amalga oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo‘yicha sarf-larni to‘laydilar va O‘zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valuta schyotlari orqali boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklar-da valuta schyotlarini ochish tartibi va ular bo‘yicha muomalalarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi valuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valuta va chet el valuta-lari turlari: AQSH dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo‘-yicha ko‘rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valuta schyotlariga ega bo‘lishlari mumkin:
tranzit valuta schyoti - eksportdan olingan valuta tushumini to‘liq hajmda hisobga olish uchun mo‘ljallangan;
maxsus tranzit valuta schyoti - O‘zbekiston Respublikasi valuta bir-jasida chet el valutasini so‘mga sotib olish va uni yana sotishga doir muo-malalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan;
Joriy valuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir qismini majburiy sotganidan so‘ng uning ixtiyorida qoladigan mablag‘-larni va valuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muoma-lalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan xorijdagi valuta schyoti O‘z-bekiston Respublikasi Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvo-fiq xorijda vakolatxonalariga ega tashkilotlar uchun ochiladi.
Bankdagi valuta schyotlari bo‘yicha muomalalarni tekshirish chog‘ida auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
joriy valuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog‘liq valu-ta muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi;
valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respubli-kasi Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo‘lgan, vakolatli banklar or-qali valuta muomalalarini amalga oshirish;
vakolatli banklarda ayrim valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjudligi;
yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo‘l-gan, legal kelib chiqishga ega valuta mablag‘lari chegarasida chet el valu-tasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish;
5210-«Mamlakatimizdagi valuta schyotlari» schyoti bo‘yicha ochilgan «Tranzit valuta schyotlari», «Maxsus tranzit valuta schyotlari», «Joriy valuta schyotlari», «Xorijdagi valuta schyotlari» subschyotlaridagi valuta mablag‘lariga doir muomalalar hisobi.
Valuta schyotlari bo‘yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘t-kazish bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valuta schyoti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O‘zbekiston korxonasining xorijiy bankda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo‘-yicha ochilgan schyoti bo‘lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo‘lishi lozim.
Rezident bo‘lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valuta tushumi qabul qilinishining to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo‘yicha quyidagilarni aniqlash kerak:
tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to‘lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o‘zaro talablarni hisobga olish to‘g‘risidagi talablarni;
eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog‘ida ham o‘zaro qarz surishish hollariga yo‘l qo‘yilmaganligi;
O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o‘tgan tushumdan to‘lovlar amalga oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o‘tkazish amalga oshiril-gunga qadar faqat ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bank komissiyalari va chiqimlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
Valuta tushumining to‘liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davo-mida tushgan valuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taq-qoslanadi.
Valuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog‘ida valuta sotish va sotib olishga doir muomalalarning to‘g‘ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari ko‘p hollarda hi-sobga olish uslubiyatida ham, kurs farqlarini hisob-kitob qilishda ham valutani so‘mga hisoblab o‘tkazishda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Valutani sotib olishga doir muomalalarning valuta qonunchiligiga va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibiga muvofiqligini tekshirish quyida-gi tartibda o‘tkaziladi.