Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini;
kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o‘rindosh-lik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko‘rsatishi;
kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi;
Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim:
kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri vakas-siri ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas; kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to‘xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo‘lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo‘l-ganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi;
kassadagi naqd pullar, qimmatli qog‘ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxlangan (o‘ramda) yoki tarqoq holda bo‘lishdan qat’i nazar, barchasi sanoqdan o‘tkazilishi shart;
sanash tugaganidan so‘ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mab-lag‘larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1-ilova).
turli shaxslarning tilxatlari, to‘liq rasmiylashtirilmagan kassa chi-qim orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga qo‘shilmaydi va auditor tomonidan isbot-lovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo‘yicha kimga, kimning topshirig‘i bilan, qachon, qaysi maq-sadlar uchun qancha summada pul berilganligi ko‘rsatiladi va shubhali hujjatlar aniqlanganida ham shunday qilinadi;
boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymat-liklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saq-lanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshi-rilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim;
auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko‘rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.
Auditor to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo‘lgan qoldiqni ko‘rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to‘liq tarqatilib ulgurmagan vedomost-lar bor bo‘lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilan-gan tartibda hisobotga qo‘shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to‘g‘ri kelib, ko‘p xodimlarga ish haqi tarqatil-magan vedomostlar bo‘lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo‘shil-masdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to‘langan chiqim hujjatlari (to‘lov vedomostlari) sifatida yozib qo‘yilishi mumkin. Bu holda har bir to‘lov vedomostida qaysi tartib raqami bo‘yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko‘rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qo-g‘ozlar (aksiyalar, alar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM ta-lonlari, qat’i hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo‘llan-malari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar ham tekshirilib, ular-ning mavjudligi dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag‘larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o‘tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o‘rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo‘riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to‘landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.
Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yop-pasiga tekshirilishi shart.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to‘liq va o‘z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o‘zaro taqqoslash usulini qo‘llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyotining debeti bo‘yicha aks ettiril-gan summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to‘g‘ri kel-ishi shart.
To‘g‘ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko‘chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishti-riladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.
Agar bank ko‘chirmalarida o‘chirilgan, to‘g‘rilangan, Shuningdek, qoldiqlar to‘g‘ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko‘-chirmani olish zarur.
Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan huj-jatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro‘yxatga olish jurnali», ordersiz ras-miylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 «Milliy valutadagi pul mablag‘lari», 5020-«Xorijiy valuta-dagi pul mablag‘lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalent-lari», 5710-«Yo‘ldagi pul mablag‘lari» va 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schyotlari yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daf-tarlar, Bosh daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).
Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olin-di» degan, chiqim hujjatlariga esa «to‘landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning sanasi ko‘rsatilganligi, Shuningdek, ularda o‘chirilgan va tuzatilgan izlar yo‘qligi aniqlanishi lozim.
Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisob-dor summalar bo‘yicha ko‘p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o‘lik jon-lar»ni kiritish, berilishi lozim bo‘lgan jami summani oshirib ko‘rsatish, kassa hisobotiga qayta qo‘shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kas-sa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o‘zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tek-shirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e’tibor berishi lozim:
tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to‘satdan tek-shirilishi;
kassirning kassa hisobotlarini o‘z vaqtida topshirishi;
kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilo-va qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to‘g‘risida bosh bux-galter yoki muovinining imzosi borligi;
ish haqi berish, xizmat safari va xo‘jalik sarflariga va boshqa maq-sadlar uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi;
kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomo-nidan belgilangan limitga to‘g‘ri kelishi;
berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan naqd pul daromadlarining bankka o‘z vaqtida topshirilishi;
naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga o‘xshashlar;
to‘lg‘azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan im-zo qo‘yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog‘ida mustaqil to‘ldirish uchun berish hollari;
chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o‘rniga amal-dagi tartibni buzib, kassirga berib qo‘yilganligi;
korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlar-ning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko‘rsatilgan-ligi, ip o‘tkazib boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bi-lan tasdiqlanib muhrlanganligi;
kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxs-lar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi;
kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi;
pul mablag‘lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib bori-lib hisobot taqdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi;
kassa muomalalariga oid schyotlar bog‘lanishlari (korresponden-siyalari) ning to‘g‘riligi;
to‘lanmagan summalarning o‘z vaqtida deponentga o‘tkazilishi va h. k.
Auditor bunday faktlar mavjud bo‘lganda bu muomalalarning saba-bini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqa-sida suiste’mol qilish berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.
Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish bo‘lib ham hisoblanadi.