126
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar
hisoblanadi:
–
markazlashtirilgan diversifikatsiya strategiyasi - chiqarilayot-
gan nomenklaturalarni texnik yoki marketing nuqtayi nazaridan
firmaning mavjud tovarlariga o‘xshash mahsulotlar bilan to‘ldirishiga
asoslanadi;
–
gorizontal diversifikatsiya strategiyasi – mavjud nomenklatu-
rani avvaldan chiqarib kelinayotgan mahsulotlar yoki xizmatlarga
o‘xshamaydigan va bog‘liq bo‘lmagan, lekin mavjud mijozlarda qiziqish
uyg‘ota oladigan mahsulotlar bilan to‘ldirishni bildiradi;
–
konglomerativ diversifikatsiya strategiyasi shundan iboratki,
firma o‘zi qo‘llaydigan texnologiyasiga ham, uning hozirgi tovarlari va
bozoriga ham hech qanday aloqasi yo‘q tovarlar ishlab chiqarish
hisobiga kengayadi.
Marketingni boshqarish (menejment marketingi)
firmaning umumiy
strategiyasi marketing xarakteriga egaligini bildiradi va raqobatchi kuchlar,
bozor, tovarlar, narxlar va boshqalar. dinamikasining tahlilini ko‘zda tutadi.
Ba’zan tashkilotning umumiy strategiyasi va uning marketing strategiyasi
orasiga aniq chegara qo‘yish qiyin.
Firmaning umumiy strategiyasi realizatsiyasi uning har bir
funksional darajasiga (ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, kadrlarga,
moliyalashtirishga oid) maqsadlar qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bu maqsad-
larga erishish vositalari bu bo‘limlar tomonidan ishlab chiqiladigan
funksional strategiyalar –
ITTKI strategiyasi, ishlab chiqarish
strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va boshqalar
hisoblanadi.
Umumiy strategiya tashkilot va uning tashqi muhiti orasida balansni
tutib turishga mo‘ljallangan. Undan chiqib keladigan marketing maqsadi
firma tovari va u ishlaydigan bozor orasidagi tenglikni saqlash hisob-
lanadi. Marketingning maqsadi, masalan, shunday ko‘rinishi mumkin:
– yillik, yaqin uch yil davomida tovarlarni tashqi bozorlarda sotish
hajmini 10% ga ko‘paytirish;
– ikki yil davomida kompaniya tovarlarini sotish hajmini 10%dan
15% gacha ko‘paytirish.
Marketing maqsadlariga yetish vositasi marketing strategiyasi bo‘lib
qoladi.
Marketing strategiyasi – marketing tadbirlarining mantiqan qurilgan
umumiy yo‘nalishlari bo‘lib, kompaniya marketingining ma’lum
127
maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Marketing
strategiyasini realizatsiya
qilish aniq marketing tadbirlarini, muddatlarini va ularni bajarish uchun
kim javob berishini ko‘rsatgan holda, ya’ni marketing taktikasini ishlab
chiqishni ko‘zda tutadi. Masalan, narxni pasaytirish yo‘li bilan bozor
ulushini ko‘paytirish haqidagi qaror strategik hisoblanadi (bozorga
chiqish strategiyasi), lekin aniq vaqtda narxni ma’lum foizga kamaytirish –
bu taktikadr.
Marketing strategiyasi firmaning maqsadli bozorini tanlash va
raqobat sharoitida unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq strategiyalar
tizimini ifodalaydi. Marketing strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– raqobatli strategiyalar;
– bozor talablarini e’tiborga olish strategiyalari;
– bozorni qamrab olish strategiyalari;
– marketing kompleksi strategiyalari: tovar
strategiyalari, narxni
shakllantirish strategiyalari, savdo (o‘tkazish) strategiyalari va tovarni
bozorga olib chiqish strategiyalari.
Marketing strategiyalari bevosita maqsadli xaridorlar va raqobat-
chilar bilan bog‘liq, chunki tashkilot marketingi xaridorlar talablarini
raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirishni ko‘zda tutadi. Shu bois,
marketing strategiyasini ikkita asosiy yo‘nalishlari bilan ishlab chiqish
bozor talabi va raqobat kurashi hisoblanadi. Amerikalik professor
L.Rozenberg marketing strategiyasini talabni shakllantirish faoliyati
bilan raqobatchilarni yengish bo‘yicha faoliyatning qo‘shilishi, deb
belgiladi.
Korxonaning strategik boshqaruv rejasi – bu korxona ichki resurs-
lari va bozor imkoniyatlarini bog‘lab turishni
rivojlantirish va saqlab
turish jarayonidir.
Dostları ilə paylaş: