Vi bob. Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati



Yüklə 274,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix08.04.2023
ölçüsü274,89 Kb.
#95157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
6-mavzu (2)



120 
 
 
 
 
VI bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, 
MARKETING NAZORATI 
6.1.Umumiy strategiya va marketing strategiyasi 
 
O‘tgan mavzulardan bizga ma’lum bo‘ldiki, «marketing» jamiyatda 
va korxona faoliyatida juda muhim. Endi esa korxona faoliyatiga 
marketingning ta’sirini o‘rganamiz. Buning uchun Dell kompyuterlarini 
misol qilib olamiz. 
Michel Dell – kollej yotoq xonasida kompyuter olib sotar edi. 
Dillerlarning ustamasi baland bo‘lib, mijoz xohlagan konfiguratsiyada 
kompyuter tayyor bo‘lmasdi. Dell esa gazeta orqali e’lon berib 
mijozlardan buyurtma qabul qilib olar va uni tezlik bilan UPS orqali 
yuborardi. Michel Dell kompyuterlari arzon edi. Mijoz bilan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri vositachisiz ishlardi. Buyurtmaga asosan ishlab chiqarish ham 
narxni pasaytirardi. Mijoz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash esa doimo u 
bilan aloqada bo‘lishni ta’minlardi. Agar muammo paydo bo‘lsa, darhol 
uni tuzatardi. Dell mijozining ishonchiga kirish uchun o‘z hisobidan 
mijozga kafolat berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi hamda ishchilarini, 
mijozlarni ruhtlantirish uchun doimo mashg‘ulot darslari o‘tkazardi. 
Albatta hammani birdek qanoatlantirish juda qiyin!!! 
Masalan, Dell “notebook”larining dizayni unchalik chiroyli 
bo‘lmagani uchun kompaniya foydasi keskin tushib ketdi. Lekin zukko 
marketologlar xatolarni o‘rganib, kamchiliklarni to‘g‘rilashdi, yana 
hammasi joyida edi. Sotish hajmi oshgach, Dell reklamaga ko‘proq pul 
tikdi. Uning marketing xizmati – Dell kompyuterlarini mijozlar uchun 
aynan ishlab chiqarilganligini targ‘ib qildi. Shuningdek, Dell hukumat va 
yirik kompaniyalar bilan uchrashib, o‘z kompyuterlarini taklif qildi. 
Super kompyuterlar (high power computers)ga talab tushdi. Darhol Dell 
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstuktiv ishlari (ITTKI) uchun katta pul 
ajratdi, chunki mijozlar istagini bajarish kerak edi. Dell tashqi bozorga 
chiqishning kelajagi borligini ko‘rdi. Ko‘pchilik o‘z mahsulotini chetga 
eksport qilsa, Dell esa boshqa davlatlarda o‘z zavodlarini qurdi. Yiliga 
marketing uchun 80 mln. $ sarflab Dell kompyuterlarining samaraliligini 


121 
targ‘ib qildi. Boshqa raqobatchilar Dellning mijozlar bilan to‘g‘ri ishlash 
mexanizmini ko‘chirishdi. Masalan, IBM o‘zining chakana sotuv 
bo‘limini ochdi. Lekin IBM dillerlari bundan xafa bo‘lishdi va IBM narx 
raqobatiga mag‘lub bo‘ldi. Chunki mijozga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish IBM 
marketing dasturiga juda teskari edi. Keyinchalik Dell mijozga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri sotishning boshqa yo‘lini topdi, ya’ni internet orqali 
(www.dell.com) sotuvni yo‘lga qo‘ydi va oyiga 1,5 mln. $ foyda olardi. 
Online sotuv xarajatlarini keskin tushirdi. Sotish xarajatlarini kamaytirib, 
tannarxni arzonlashtirdi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Dell 
kompanyasining biznesi ayni damda juda muvaffaqiyatli. Lekin 
kompaniya kelajakda mijozlarni qanoatlantirish uchun izlanish olib 
bormasa, o‘z marketing strategiyasini o‘zgartirib bormasa bozorda o‘z 
o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Yuqorida biz Dell marketing menejerlarining 
kompaniya marketing strategiyasini rivojlantirish uchun amalga 
oshirilgan ba’zi bir qarorlarni ko‘rdik. Marketing qarorlarini qabul qilish 
oson emas va ba’zida marketing strategiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri 
keladi. Dell misolidan ko‘rinadiki, marketing qarorlari kompaniya 
muvaffaqiyati uchun juda muhim. Bugun tashkilotning yutuqlari uning 
faoliyati bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga iste’molchilarning 
talablari darajasi bilan belgilanadi. Shu bois firmaning uzoq istiqbolgacha 
bozordagi muvaffaqiyatini belgilovchi strategiyalari orasida marketing 
strategiyasi asosiy rol o‘ynaydi. Marketing strategiyasini shakllantira 
borib, yuqori rahbariyat bir qator o‘ta muhim omillarni hisobga oladi: 
– tashkilotni boshqarishda marketingning o‘rnini; 
– tashkilot rivojlanishining umumiy strategiyasini; 
– bozordagi ahvoli va raqobat kurashlarining o‘ziga xos xu-
susiyatlarini; 
– talabning holati, uni rivojlantirish tendensiyalari va tashqi 
marketing muhitining boshqa omillarini; 
– boshqaruv resurslari va firmaning o‘z imkoniyatlarini. 
Bu va boshqa omillar marketing strategiyasining turlari va mazmu-
nini belgilaydi. 
O‘sishning dinamik (stabilligi)ligi va tashqi muhitning tashkilotga
ta’sir darajasi boshqaruv konsepsiyalarini iste’molchilar talablariga
yo‘naltirib, uning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bugun marketing firma 
faoliyatining hamma sohalariga yorib kirgan. Strategik boshqaruvda 
marketing biznesning falsafasi, firma strategiyalarini ishlab chiqish uchun 
axborotlar yig‘ish va ularga ishlov berish, shuningdek, firma 


122 
strategiyalarini amalga oshirish vositalaridir. Marketing xizmati tomonidan 
ishlab chiqiladigan marketing strategiyasi firmaning umumiy strategiyasini 
realizatsiya qilish jarayoniga uning elementlaridan biri sifatida qo‘shiladi. 
Umumiy strategiya – bu uzoq muddatli istiqbolda tashkilot bel-
gilangan asosiy maqsadlarga olib kelishi kerak bo‘lgan bosh 
yo‘nalishlarining oqibatlari va uning harakat tarzidir. Umumiy strategiya 
tashkilotning asosiy rivojlanish konsepsiyasida, strategik hududlardagi 
tadbirkorlik faoliyatining global maqsadlari va vazifalarida ifodalanadi. 
Bu alohida biznes yoki mahsulotni nima qilish kerakligi, tashkilot 
qanday qilib va qaysi yo‘nalishda rivojlanishi kerakligi, bozorda qanday 
o‘rin egallashi borasidagi qarorlardir. Umumiy strategiya tashkilotning 
yuqori darajasiga taalluqli, yuqori rahbarlar tomonidan ishlab chiqiladi 
va uning vazifalari hamda maqsadlarini amalga oshirish vositasi 
hisoblanadi. 
Marketing faoliyati – bu ancha past darajadagi faoliyat, shu bois 
firmaning marketing xizmatiga nisbatan umumiy strategiyasi uning 
yutuqlarga erishish vositasi hisoblanadi. Aytish mumkinki, marketing 
strategiyasini ishlab chiqish firmaning umumiy strategiyasidan 
boshlanadi. 
Umumiy strategiya – bu bozordagi shunday muomala tabiatiki, u 
tashkilotni uzoq muddatli istiqbolda turib, faoliyat yuritishini ta’minlashi 
kerak. Bu bozorning raqobatli muhitida xaridorlari barqaror bo‘ladigan 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni bildiradi. Bu mahsulotlar 
birinchidan, xaridorlar uchun shunchalik qiziqarliki, unga pulini 
berishga tayyor, ikkinchidan, xaridorlarga boshqa firmalar tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan o‘xshash mahsulotlarga nisbatan qiziqarli. 
Umumiy strategiya ana shunday mahsulot ishlab chiqilishini ko‘zda 
tutadi. Aynan u firmaga raqobat ustuvorligini ta’minlaydi. 
Strategik boshqaruv sohasidagi yetakchi nazariyachi va mutaxassis-
lardan biri M.Porter tashkilotning raqobat ustuvorligini ta’minlovchi 
tabiati bozordagi strategiyasining uch turini ajaratadi: xarajatlarni 
minimallashtirishda yetakchilik, differensiatsiya va jamlanish. 
Xarajatlarda yetakchilik strategiyasi shu bilan bog‘liqki, bunda 
kompaniya ishlab chiqishda va o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishda 
eng kam xarajat qilishga erishadi. Natijada u mahsulotiga eng kam narx 
qo‘yib, bozorning katta qismi (ulushi)ni egallab olishi mumkin. 
Strategiyaning bunday turini realizatsiya qiladigan firmalar ishlab 
chiqarish, ta’minot va savdosini yaxshi tashkil qila olish texnologiyasi 


123 
va injenerlik-konstruktorlik bazasi yaxshi bo‘lmog‘i zarur. Ushbu 
strategiyadagi marketing yuqori rivojlangan bo‘lishi shart emas.
Defferensiatsiyalash (ixtisoslash) strategiyasi firmaning noyob 
xossaga ega mahsulot yaratishini, bu mahsulotlar xaridorlarga yoqishini 
va ular pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ushbu strategiya raqobatchi-
larnikiga o‘xshamagan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. 
Strategiyaning bu turini realizatsiya qiluvchi firmalar ITTKI o‘tkazish 
uchun mahsulotni yaxshi dizayni, yuqori sifatini, marketingning 
rivojlangan tizimini ta’minlashlari lozim. 
Jamlanish strategiyasi diqqatni aniq iste’molchilar qiziqishiga 
qaratishni ko‘zda tutadi. Diqqatni bir joyga jamlab mahsulot yaratish 
yoki ma’lum guruh odamlarning noodatiy talablarini qondirish bilan 
bog‘liq yoki mahsulotga erishish imkonining o‘ziga xos tizimi 
yaratiladi. Ushbu turdagi strategiyani qo‘llab, firma bozorning ma’lum 
segmentini mahsulotning ma’lum turiga talabini sinchiklab ayniqlaydi, 
buning uchun esa jiddiy marketing kuchini taklif etadi. 
Biznesni rivojlantirish strategiyasi umumiy strategiya hisoblanadi 
(ba’zisli yoki etalonli). Ular bevosita obyekt sifatida tashkilotning 
potensialiga (ishlab chiqarish turlari, faoliyat tarmog‘i, biznesning 
yo‘nalishiga) ega. Qulaylik uchun ularning turli-tumanligini uchta asosiy 
turga birlashtirish mumkin: 
– o‘sish strategiyalari; 
– qisqartirish strategiyalari; 
– aralash (kombinatsiyalangan) strategiya. 

Yüklə 274,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin