O‘sish strategiyasi uchta turli xil guruhlarga ega. Birinchi guruhni
konsentratsiyalashgan (jamlangan) o‘sish strategiyasi tashkil qiladi.
Ba’zan ularni jadal – asta-sekin o‘sish strategiyasi, deb ham ataladi.
Ushbu guruh strategiyalari firma hozirgi faoliyati ko‘lamida foydalana
olishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlashni ko‘zda tutadi.
Jamlangan o‘sish firma hozirgi tovarlari va bozorga kerakli
imkoniyatlardan oxirigacha foydalanmagan hollarda oqlanadi. Ushbu
o‘sishning imkoniyatlarini aniqlash uchun I.Ansoff firmaning bozordagi
imkoniyatlarini kengaytirishning uch xil turini ko‘rsatuvchi va unga mos
keluvchi jamlangan o‘sish strategiyasining uchta turli xilini o‘z ichiga
oluvchi “tovar va bozorning rivojlanish turi”, deb nomlanuvchi
metodikadan foydalanishni taklif qilgan. Bu strategiyalarni iqtisodchi
marketologlar ishchanlik faoliyati matritsasi ko‘rinishida ifodalaydi.
Birinchi guruh strategiyalarining aniq turlari quyidagilar:
124
– bozorning rivojlanish strategiyasi, bunda firma ushbu tovar
bilan ushbu bozorda eng yaxshi pozitsiyani egallash uchun barcha xatti
harakatlarni amalgam oshiradi. Strategiyaning bu turi realizatsiya uchun
marketingning juda katta kuchini talab qiladi. Bunday hollarda ishlab
chiqarish xarajatlarini va muomala xarajatlarini qisqartirish, bozor
ulushini ko‘paytirish, reklama kompaniyasini kuchaytirish, narx
siyosatini o‘zgartirish hamda ishlab chiqariladigan tovardan foydalanish
sohalarini kengaytirish hisobiga uni amalga oshirish ko‘zda tutiladi;
– bozorga yorib kirish strategiyasi, bunda ishlab chiqarib
bo‘lingan tovarlarga geografik yangi bozorlar qidirib topish ko‘zda
tutiladi, shuningdek, firma savdosi sezilarli o‘sishini ta’minlovchi
bozorlarning yangi demografik segmentlarini ham qidirib topish kerak
bo‘ladi;
– tovarni ishlab chiqish strategiyasi, bunda o‘sish masalasini
firma egallab bo‘lgan bozor uchun innovatsion tovar siyosati hisobiga,
ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mukammallashtirish, uning
iste’mol xossalarini yaxshilash, chiqarilayotgan mahsulotlarning
assortimentlari uyg‘unligi, mahsulotlarning yangi modellari va turlarini
yaratish, qadoqlarini o‘zgartirish, ushbu bozor uchun yangi tovar ishlab
chiqish va chiqarish yo‘li bilan hal qilish ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhni integratsiyalangan o‘sish strategiyasi shakllan-
tiradi, u yangi strukturalar qo‘shish orqali firmani kengaytirish bilan
bog‘liq. Firma mulk sotib olish yo‘li bilan ham, ichdan kengayish yo‘li
bilan ham integratsiyalangan o‘sishni amalga oshirishi mumkin. Bunda
ikkala holatda ham firmaning holatida tarmoq ichidan o‘zgarish yuz
beradi. Integratsiyalangan o‘sish strategiyasining uchta turi ajratiladi:
– teskari vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning mahsulot
yetkazib beruvchi firmani sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni
kuchaytirishi hisobiga o‘sishiga yo‘naltirilgan. Bu strategiyani amalga
oshirish narxlar o‘zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib
beruvchilar so‘rovlariga bog‘liqligini kamaytiradi;
– oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning
savdo va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi mahsulot yetkazib beruvchi
firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan
o‘sishiga yo‘naltirilgan. Integratsiyaning bu turi vositachilik xizmatlari
o‘ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo‘lgan vositachilarni topa
olmaganda, juda foydali;
125
– gorizontal integratsiyalash strategiyasi yoki raqobatchi
firmani mag‘lub etish yoki qo‘shilish yoxud xorijiy kapital bilan ham-
korlikda tashkilot yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |