144
Bozordagi ayrim maxsus joylarda xizmat ko‘rsatuvchi patiyent
firmalarning muvaffaqiyati xaridorlarning tor doirasini, ularning o‘ziga
xos talablarini hisobga olgan holda yaxshi bilishi va ularga o‘ta yuqori
iste’mol qiymatini taqdim eta olishidadir. Agar violent firmalar (gigant
o‘lchamdagi) muvaffaqiyatga savdoning katta hajmi bilan erishsalar,
patiyent firmalar o‘zlarining noyob tovarlariga yuqori baho qo‘yib,
yuqori foyda olish hisobiga muvaffaqiyatga erishadilar. Patiyent
firmalarni “ayyor tulkilar”, deb ataladi.
Tulki kompaniyalar bozorga turli-tuman mahsulotlar olib keladilar.
Gigantlar tomonidan qurshovga tushib qolishdan qochib, ular o‘ziga xos
bo‘lgan iste’mol tovarlarni faol qidirib topadilar va jamiyatni iqtisoddagi
bir xil stnadartlardan qutqarib, ularni shakllantiradilar. Bozordagi
ma’lum
bir joyda, uning yo‘qolib ketish xavfi (riski) bilan ishlash bir
vaqtning o‘zida bir necha ana shunday joylarda ishlashni talab qiladi.
Mamlakatimizdagi firmalar uchun patiyent strategiyasi tadbirkorlik
falsafasi sifatida alohida qadrli. U yetakchi yirik kompaniyalar bilan
to‘g‘ridan to‘g‘ri kurashmaslikka, faoliyatning o‘sha sohalari uchun
imkoniyatsiz, foydasiz bo‘lgan tomonlarini qidirib topishga chaqiradi.
Bunday “ayyorona” yondashuv ojizlarning kuchlilar bilan raqobatidagi
imkoniyatlarini jiddiy oshiradi, bu esa firmalar uchun ortiqchalik
qilmaydi.
Patiyent strategiyasi ko‘plab mudofaaga oid ishlab chiqarish uchun
istiqbolli bo‘lishi mumkin. Buning uchun
ularda yaxshigina dastlabki
pozitsiyalar mavjud: yuqori malakali iste’dodli xodimlar, zamonaviy
uskunalar, mayda seriyali, ba’zan esa ustuvor hisoblanuvchi noyob
mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar.
Kommutantlar oddiy biznesda mahalliy miqyosga ega bo‘ladi.
Mayda, ixtisoslashmagan korxonaning kuchi aniq mijozlarning hajm
bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan ehtiyojlarini qondirishga moslashgan-
ligi hisoblanadi. Ommaviy (violent) ishlab chiqarish uchun iste’molchi-
larning katta guruhining talablari, ixtisoslashganlar uchun (patiyent-
larga) – iste’molchilarning alohida qatlamlar talablari tuziladi.
Kommutant firmalar kichik biznesni amalga oshirishadi va mahalliy
bozor talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Har gal har bir aniq holat
uchun yaratiladigan sanoqsiz mayda korxonalar
biznes uchun har bir
imkoniyatdan foydalanishga tayyor, violentlar va patiyentlar esa o‘z
ishlab chiqarish qiyofalarida qat’iy turadilar. Yirik ishlab chiqarish
quvvatlarining, ilmiy-texnika bazasi yoki tor sohadagi alohida
145
bilimlarning yo‘qligi (ya’ni violentlar kuchlimi yo patiyentlar)
aniqlovchi kommutantlar uchun nima bilan shug‘ullanishlarining aha-
miyati yo‘q.
Bu holat kommutantlarni “kulrang sichqonlar” deb atalishiga olib
keldi. Sichqon – firmalarning ustuvorligi, boshqa firmalar qodir
bo‘lmagan tijorat faoliyati sohasini shunchalik oson o‘zgartira olishidir.
Yuqori darajadagi ochiq-oydinlik – kommutantlarning raqobat kurashi-
dagi kuch manbasi. Doimiy ravishda foyda olishga intilish va u tufayli
har qanday vositani o‘zlashtira olishga tayyorgarlik kommutantlar
faoliyatida o‘ta sof shaklda ko‘rinadi.
Kommutant strategiya yangi xususiy firmalar orasida mavjud.
Xususiy tadbirkorlar boj to‘lovlari va valuta
kurslaridagi har qanday
o‘zgarishlar va turli xil mahsulotlar bilan ishning o‘rtacha rentabelligiga
qarab faoliyat turini zumda o‘zgartiradi.
Eksplerentlar – bu yangisini yaratish va bozorning eski
segmentlarini tubdan qayta shakllantirishga ixtisoslashgan firmalar. Ular
ITTKIning eng ahamiyatli yutuqlarini yaratishda muhim rol o‘ynashadi.
Gap faqat mahsulotni mukammallashtirish haqida emas, inqilobiy
qarorlarning o‘ta xavfli qidiruvi haqida ham bormoqda.
Eksplerent firmalarning raqobatdagi ustuvorligi bunday firmalarni
“birinchi qaldirg‘ochlar” bilan taqqoslash uchun asos bo‘lib xizmat
qiluvchi innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va tovarlar bilan bog‘liq.
Bunday pioner kompaniya (frans. pioneer – faoliyatning qaysidir
sohasiga yangi yo‘l ochuvchilar) yangi bozor yaratish va unda shaxsan
o‘zi
ishtirok etib, foyda olishga intiladi.
Yangi mahsulotni chiqarish juda qimmat turuvchi ommaviy ishlab
chiqarishda, xato qilishga yo‘l yo‘q va violentlar tekshirilmagan loyiha-
lardan qochishga urinadilar. Ko‘pincha, eksplerent firmalarda bozorni
o‘zlashtirish va undagi keng marketing faoliyati uchun yetarlicha
mablag‘ bo‘lmaydi. Shuning uchun ular ko‘proq yirik firmalarning yoki
ularning sho‘ba korxonalarining venchur (riskli) bo‘limlari sifatida
ancha samarali harakat qilishadi. Pioner firmalari o‘z ochilishining
bozorda muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi, lekin 100 tadan 85 ta
holatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Biroq eksplerentlarning
bizneslariga yangi-yangi qaldirg‘ochlarni jalb etish uchun 15 ta
holatdagi muvaffaqiyat yetarli.
Zamonaviy
eksplerentlar kam, lekin iqtisodiyoti rivojlangan mam-
lakatlarda ham ularning soni uncha ko‘p emas. Shuning uchun ushbu
146
firmalar davlat tomonidan maksimal qo‘llab-quvvatlashdan foydalana-
dilar, chunki ular iqtisodiyotning turli sohalarida ITTKIning
kuzatuvchilari hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: