Vi bob. Yengil avtomobil-taksilar ishini tashkil etish



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə1/6
tarix15.12.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#75018
  1   2   3   4   5   6
6 YENGIL AVTOMOBIL-TAKSILAR ISHINI TASHKIL ETISH (1)


VI BOB. YENGIL AVTOMOBIL-TAKSILAR ISHINI TASHKIL ETISH
Тayanch sozlar va iboralar: taksi, taksomotor, taksilar to‘xtab turish joyi, pullik kutib turish vaqti, avtomobilning texnik tayyorgarlik koeffisiyenti, avtomobilning ishga chiqish koeffisiyenti, pullik bosib o‘tilgan yo‘l, pullik bosib o‘tilgan yo‘ldan foydalanish koeffisiyenti, haq to‘lanuvchi masofa, haq to‘lanuvchi masofadan foydalanish koeffisiyenti, o‘rtacha tashish masofasi, taksining ishda bo‘lish vaqti, tushlik vaqti, bir avtomobil taksida tashilgan yolovchilar soni, yo‘nalishsiz taksi, yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joyi, hisoblagich, litsenziya kartochkasi, yagona tanish belgilari, so‘rovnoma, jadval, qayd qilish, tezkor, statistik, ko‘z bilan chamalash.


6.1. Yengil avtomobil-taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish
Bugungi kunda yengil avtomobil-taksilar nafaqat shaharda va shahar atrofida, balki shaharlararo va xalqaro miqyosda ham aholi va korxonalarga transport xizmatini ko‘rsatmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi transportini 2000-2005- yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da (26.11.1999-yil, 513-sonli qaror) rejalashtirilgan asosiy vazifalardan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini amalga oshirish edi. Shuning uchun yo‘nalishli va yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan xususiy tashuvchilar tomonidan amalga oshirilishi qayd qilingan bo‘lib, bugungi kunda bu ishlar konsepsiyada belgilab qo‘yilganidek amalga oshirilmoqda.
Тaksomotor transporti boshqa transportlardan o‘zining ma’lum bir ustuvorliklariga egaligi sababli, ko‘plab yo‘lovchilarni tashib yo‘nalishda qatnayotgan umumfoydalanishdagi yo‘lovchi transportining ishini sezilarli darajada yengillashtirayapti. Bunday ustuvorliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Yo‘lovchilarni eshikdan eshikkacha olib borib qo‘yish imkoniyati;
2.Harakat tezlligining yuqoriligi;
3.Istalgan vaqtga taksi uchun buyurtma berish imkoniyati;
4. Yo‘nalish tarmog’i o‘tmagan ko‘chalardan ham harakatlanish imkoniyati va boshqalar.
Хususiy tashuvchilarga qaraganda umumfoydalanishdagi taksilar ham bir qator ustuvorliklarka ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Bularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
1. Aloqa vositasining mavjudligi;
2. Nozimlik boshqaruvini tashkil etishning osonligi;
3. Ma’lum bir taksilar to‘xtash joyida uzluksiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mumkinligi (aeroport, vokzal va portlar);
4. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga uzluksiz xizmat ko‘rsata olishi;
5. Harakat xavfsizligi bilan bog’liq bo‘lgan masalalarni hal etishning nisbatan osonligi va boshqalar.
Yo‘lovchilar tashish bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi xususiy tashuvchilar faoliyatini nazorat etishning murakkabligi bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga haydovchilarning mehnatini va dam olishini nazorat qilinmasligi, transport vositasining texnik holatini nazorat qilish haydovchining o‘ziga yuklatilganligi, ishga chiqishdan oldin haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tmasligi va bularning oqibatida haydovchilar aybi bilan sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari miqdorining ortib ketishiga, ularda halok bo‘layotgan va har xil darajada tan jarohati olayotgan odamlar sonining ortib ketishiga olib keladi.
Bugungi kunda yakka tartibda tashuvchilik bilan shug’ullanayotgan shaxslar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalarga birlashib, aholi va korxonalarga quyidagi transport xizmati turlarini ko‘rsatmoqdalar (6.1.1-rasm).

6.1.1-rasm. Yengil avtomobil-taksilarda tashish turlari


O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli “O‘zbekiston Respulikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq yengil avtomobil-taksilarda yo‘lovchilar va bagaj tashish tariflari miqdori o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi.


Тaksometr bilan jihozlangan avtomobil-taksilarda yo‘l haqi yo‘lovchi tomonidan safar tugagandan va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yo‘lovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qat’iy nazar, taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanishi kerak. Ammo buguni kunda taksometrlar bilan jihozlanmagan avtomobillar uchun yo‘l haqi yurilgan masofa asosida belgilanmoqda.
Yo‘lovchilarni chiqarishda haydovchi bagajni joylashtirishda yordam ko‘rsatishi, safar tugaganda esa yo‘lovchiga uning buyumlarini va bagajni tushirishni eslatishi shart.
Тaksiga oldindan buyurtma berilganda haydovchi avtomobil bilan naryadda ko‘rsatilgan vaqtda kelishi shart.
Тaksi yo‘lovchinig iltimosiga va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra to‘lov evaziga yo‘lovchini kutib turadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin